Un va xamirturishni xususiyatlari: Maqsad: Un va xamirturishni taqdim qila oladimi, nima sababdan non ko'tariladi va hajmi kattalashadi.
Jihoz va materiallar: idishlar, un, xamirturush, shakar, tuz, kulcha.
Faoliyatni olib borilishi: Bolalar mustaqil maqol va topishmoqlar aytadilar yoki tarbiyachi yordamida:
Tuzsiz, nonsiz yarim tushlik
Non bo'lsa qo'shiq bo'lar
Kimda non bo'lsa, u doim xursand.
Un va xamirturush orqali tajriba (xamirturushdan xamir tayyorlaymiz)
Bolalar ishlaydi va natijani kuzatadi.
Qo'shimcha qism:Bulichka va non tayyorlanishini kuzatish.
E'tiborga molik jihati: Non shaklini tayyorlashda extiyotkorlik bilan yondoshish; xayot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
San'at markazi Non haqida al'bom ishlash( kichik guruhda ishlash) Maqsad: Non haqida bilish, non va non mahsulotini rasmini chizish. Yangi shaklda jamoa bo'lib ishlashni o'rganish, albom' tayyorlash va uni birgalikda bezatish.
Jihozlar va materiallar: Rangli qog'oz, karton qog'oz, bo'yoq cho'tkalar, rangli qalamlar, qaychi, yelim va yig'ma rasmlar.
Faoliyatni olib borilishi: Ishni rejalashtirish. Vazifalarni bo'lib berish ( kimdir chizadi, kimdir qirqib aplikasiya ishini bajaradi).
Ishning bajarilishi.
Umumiy ishlarni albomga yopishtirish.
Kirish qismini bezatish.
Qo'shimcha qism: Non haqida albom ko'rgazmasini tashkil qilish
E'tiborga molik jihati: Sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilish; do'stni mehnatini qarlash, tasavvurni rivojlantirish, nutqni rivojlantirish va mayda qo'l matorikasini rivojlantirish.
Qurish, yasash va matematika markazi