Nutq va til markazi
She'rlar, topishmoqlar. O'yin g'aroyib yo'l belgisi
Maqsad: Yo'l belgilari va yo'l xarakati qoidalari xaqida biladi, nomlaydi.
Kerakli jihoz va materiallar: turli obyektlar, ko'chalar, maxallalar va bog'lar tasvirlangan rasmlar va o'yinchoqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Turli xil ko'rgazmali materiallar, slaydlar tayyorlash.
2. Topishmoqlar topish.
3. She'rlarni tinglash.
4. Ko'rgazmali materiallar, slaydlar bilan ishlash.
Lug'at boyligini taxlil qilish va faollashtirish
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi qo'shimcha ravishda ko'chada o'zini tutishi, ma'lum manzilda mo'ljal olishga, asosiy bino va ko'chalarning nomini bilishiga o'rgatish.
E'tiborga molik jihati:
Mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.
Taxlil qilish va umumlashtirishni bilishi.
Fan va tabiat markazi
Havo markazi (ekologik tarbiya)
Maqsad: Havoning ajoyib xususiyatlari bilan tanishish. Xavo insonni o'rab turuvchi muhim obyektlardan biridir. Havosiz xar qanday jonli organizm mavjud bo'la olmaydi. Turli gazlar, olov sababli havo ifloslanishi mumkin, ammo ifloslangan havo o'simliklar sabab tozalanishi mumkinligini tushunadi.
Jihoz va materiallar: bo'sh stakan, salfetka, suv.
Faoliyatning borishi:
1. Bo'sh stakan olamiz, tagiga salfetka yopishtiramiz va bu stakanni teskari o'girib suvga tushiramiz;
2. Stakan suv bilan to'ladi;
3. Ichidagi salfetka quruqligicha qoladi;
4. Stakan ichida havo borligi uchun salfetka quruqligicha qolgan;
5. Tajribani muxokama qilish;
6. Bolalar bilan o'tilgan tajribadan hulosa chiqarish;
7. Bog'cha uchastkasidla bolalar bilan daraxt o'tqazish;
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi o'simliklarni parvarishlash qoidalari xaqida gapirib beradi va ekilgan o'simliklarni parvarish qilish bo'yicha navbatchilar tayinlaydi.
E'tiborga molik jihati:
Tajribalar o'tqazishi uquvi va hayot havsizligi qoidalariga rioya qilish.
San'at markazi
Jamoat ishi: applikasiya: transport turlari
Maqsad: mayta qo'l motorikasini, tasavvurini rivojlantirish, estetik bezatish, jamoa bilan ishlashni biladi. O'zining ijodini chiroyli bezatadi.
Jihoz va materiallar: rangli kartonlar, qog'oz, yelim, stepler, ramkalar.
Faoliyatning olib borilishi:
1. Transport mavzusida rasmlarni ko'zdan kechirish.
2. Tasviriy san'at faoliyati noan'anaviy texnikasi bilan tanishish.
3. Rasm tanlash.
4. Bolalar bilan mavzu asosida applikasiya ishini bajarish.
5. Bolalar tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha qism: tarbiyachi bolalarga applikasiyani bezatish, mavzuga oid she'r yoki qo'shiq kuylashni taklif qilishi, ko'rgazma tashkil etishi mumkin.
E'tiborga molik jihati:
1. Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o'rgatish.
2. Tasavvuri va mayda qo'l motorikasini rivojlantirish.
3. Hayot xavfsizligi saboqlari.
Qurish, yasash markazi
Konstruktordan Kema yasaymiz.
Maqsad: konstruktordan ixtiyoriy kema yasaydi, kemaning asosiy qismlarini biladi, turli ranglarni tanlaydi, shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar: konstruktor, geometrik shakllar, lego shakllari.
Faoliyatning borishi:
1. Suv transporti mavzusidagi rasmlarni ko'rish
2. Kema qurishni bolalar bilan rejalashtirish.
3. Bolalar bilan kema qurish.
4. Asosiy qisimlarini ishlatilishini nomlash.
Qo'shimcha: Tarbiyachi transport turiga qarab qo'shimchalar qo'shishni, o'ynab berishni tavsiya qilishi mumkin.
Nimalarga etibor qilish kerak:
Mayda predmetlar bilan ishlash uquvi.
Tasavvurini rivojlantirish.
Syujetli-rolli o'yin va dramatizasiya markazi
«Yo'naltiruvchi»
Maqsad: yo'naltiruvchi faoliyati haqida ma'lumotga ega, bolada haydovchi va yo'naltiruvchi orasidagi shaxslararo munosabatlarni shakllangan, yo'l harakat havfsizligi qoidalariga rioya qila oladi, transport haydovchisi va yo'naltiruvchiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'ladi.
Jihoz va materiallar: yo'naltiruvchi kiyimi, unga mos aksesuarlar, mashina, rul, qahramonlar hujjatlari mulyaji.
Faoliyatning olib borilishi:
1. Harakat yo'nalishi va yo'naltiruvchi bilan uchrashuv joyini rejalashtirish;
2. Yo'naltiruvchi syujetli-rolli o'yinini o'ynash;
3. O'ynalgan o'yin bo'yicha suhbat.
Qo'shimcha qism: Bolalar o'yin faoliyati orqali svetofor bo'lmagan joylarda havfsizlik orollaridan foydalanib harakatni va yo'lni boshqarishni (regulirovka qilishni) mashq qiladilar.
E'tiborga molik jihati:
1. Bolalarning yo'naltiruvchi bilan muloqot qilish ko'nikmasini shakllanishi;
2. Yo'l belgilariga e'tiborli bo'lishni rivojlantirish;
3. Hayot havfsizligi saboqlari.
Til va nutq markazi
«Bilag'on» kompyuterida til o'rganamiz.
Maqsad: Bilag'on kompyuteri yerdamida xorijiy so'zlarni eslab qolish uquvini
namoyish etish. Topshiriqlarni ketma ket bajaradi, predmetlarni nomlaydi va farqlaydi, monitorda rasm yordamida ularni farqlaydi.
Kerakli jihoz va materiallar: Kompyuter Bilag'on.
Faoliyatning olib borilishi:
1. Kompyuter bilan ishlash.
2. Kompyuter uchun muhim kartochkalarni tayyorlash.
Qo'shimcha qism: Kompyuterdan foydalanish qoidalarini tarbiyalanuvchilarga o'rgatish.
E'tibor berish kerak:
1. Diqqat, eshituv idroki, xotira, tafakkur, mayda matorikasini rivojlantirish.
2. Taxlil qilish va umumlashtirishni bilish.
Qurish-yasash, konstruktorlash va matematika markazi
Mavzu asosida pazl teramiz: “Transport” sonli qirqma rasmlar.
Maqsad: taklif qilingan materiallardan transport yasash, mashina yoki transportning vazifasi haqida so'zlab beradi, turli rang va shakllarni biladi va farqlaydi.
Jihoz va materiallar: pazllar, sonli kesma rasmlar.
Faoliyatning olib borilishi:
1. Transport tasvirlangan rasmlarni ko'rish va kuzatish;
2. Bolalar bilan mashina-transportini yasashni rejalashtirish;
3. Transportni yasash-qurish;
4. Yasalgan transportni taqdimotini amalga oshirish;
5. Bolalar tomonidan yasalgan ishlarni muhokama qilish va rag'batlantirish;
6. Ishlatilgan materiallarni miqdorini sanash va shakllari bo'yicha ajratish.
Qo'shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga o'zi tomonidan yasalgan transportni mayda detallar-o'yinchoqlar (qo'g'irchoq haydovchi yoki yo'lovchi, bayroqchalar va x.k.) bilan to'ldirishni taklif qilishi mumkin.
E'tiborga molik jihati:
1. Bolalarni jamoada ishlash ko'nikmasining shakllanganligi;
2. Transportning havfsizligi va vazifasiga mosligiga e'tiborni qaratish;
3. Tasavvurlari va ijodkorligining rivojlantirish;
4. Hayot havfsizligi saboqlari.
Til va nutq markazi
Nosov Avtomobil”
Maqsad: badiiy adabiyotga qiziqishini uyg'otish, asar mazmunini gapirib berishi va ma'nosini tushuntiradi.
Jihoz va materiallar: asarga oid rasmlar.
Faoliyatning borishi.
1. Asar mazmuniga mos ravishda syujetli rasmlar seriyasini ketma-ket terib berish.
2. Syujetli rasmlar asosida Nosovning Avtomobil xikoyasini so'zlab berish.
3. Sahnalashtirish va o'ynab berish.
Qo'shimcha: tarbiyachi tomonidan asarni o'qib berish, mazmuni xaqida suhbat.
E'tiborga molik jihati:
Bog'langan nutq, xotira, tafakkurini rivojlantirish.
Ifodali gapirib berishga o'rgatish.
San'at markazi
Tabiat materiallaridan applikasiya: transport turlari
Maqsad: mayta qo'l motorikasini, tasavvurini rivojlantirish, estetik bezatish, applikasiyada tabiat materiallarini uyg'unlashtirishni biladi. O'zining ijodini chiroyli bezatadi.
Jihoz va materiallar: tabiat materiallari, rangli kartonlar, qog'oz, yelim, stepler, ramkalar.
Faoliyatning olib borilishi:
1. Transport mavzusida rasmlarni ko'zdan kechirish.
2. Tasviriy san'at faoliyati noan'anaviy texnikasi bilan tanishish.
3. Rasm va tabiat materiallarini tanlash.
4. Bolalar bilan mavzu asosida applikasiya ishini bajarish.
5. Bolalar tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha qism: tarbiyachi bolalarga applikasiyani bezatish, mavzuga oid she'r yoki qo'shiq kuylashni taklif qilishi, ko'rgazma tashkil etishi mumkin.
E'tiborga molik jihati:
1. Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o'rgatish.
2. Tasavvuri va mayda qo'l motorikasini rivojlantirish.
3. Hayot xavfsizligi saboqlari.
Dostları ilə paylaş: |