Faoliyatning borishi. 1. Tarbiyachining asboblarni ikkita katta sovutadigan va isitadigan guruxlarga bo`lish mumkinligi xaqidagi kirish so`zi.
2. Bolalar maishiy anjomlartasvirlangan rasmlarni klassifisiya kilishadi hamda tushuntirib berishadi.
Uyda qanday anjomlar ishlatishlari to`g`risida aytib berishadi.
Qo`shimcha qism:agar bilishsa rasmda ko`rstilmagan maishiy anjomlarning nomlarni aytib berishadi.
E`tiborga molik jihati: shahsiy tajribasidan kelib chikkan holda hikoya tuza olishi, bolaning mantiqiy nutqi.
Fan va tabiat markazi Magnit bilan tajriba. Maqsad: magnitning xususiyatlarni biladi, bilish jarayoniga oid masalalarni yechadi va xulosa qiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: turli kattalikdagimagnitlar, metall, yog`ochva plastmasali predmetlar.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar markazdagi materiallarni tomosha qilishadi.
2. «Jonli predmetlar» mashq. Stolda yog`ochva plastmasali predmetlar. Bolalar tajriba o`tkazishadi: kattaroq magnitni stolni tagida yurg`izishadi. Bolalar kuzatishadi va kuyidagi savollarga javob berishadi: «Nima sodir bo`lyapti? Nima uchun faqat metaljisimlar qo`zg`aldi? Nima uchun yog`och va plasmassa jixozlar joyida qoldi?»
Bolalar xulosa chiqarishadi.
Qo`shimcha qism: rasmlar tomosha qilinishi, magnit qayerda foydlanadi.
E`tiborga molik jihati: tarbiyachining berilgan vazifasini ishlay olish, bolalarda bilish jarayonini rivojlantirish,xulosa chiqarishni o`rganish.
Fan va tabiat markazi Suvning xususiyati Maqsad: suvning kurinishini va xususiyatini biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: toza suv bilan idish, bir martalik stakanchalar, muz bo`laklari, bo`sh idish.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar markaz vazifalari bilan tanishadi. Suvning xususiyatlarini aniqlash.
2. Xar bir bola kamroq suv ajratib, ta`tiydi va xulosa qiladi. Shaffofligi, ta`mi.
Muz bo`lakchalarini tomosha qiladi.Likopchaga solib tokchaga qo`yadi. Muz kuyosh nurlari ostida erishini kuzatishadi. Suvga aylanadi.