Qo`shimcha qism: Quyosh tizimi tasvirlangan suratlarni tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: Bolalarni ijobiy hamkorlikka chorlash. «Til va nutq»markazi A.Navoy asari bo`yicha Suhbat «Ikki vafodor do`st» Maqsad: asarni diqqat bilan eshitish, asar mazmuni va qahramonlari fe`l-atvorini tushunish. Asar bo`yicha berilgan savollarga to`liq javoblar berish.
Kerakli Jihoz va materiallar:asar matni.
Faoliyatni olib borilishi: Do`stlik haqida suhbat.
Alisher Navoiyning «Ikki vafodor do`st» asarini o`qish.
Asar mazmuni bo`yicha suhbat.
Faoliyatni yakunlash.
Qo`shimcha qism: «Bizning eng yaxshi do`stimiz» mavzusida suhbat.
E`tiborga molik jihati: do`stlik qadrini anglab yetish, bir biriga yordam berish va hurmat qilish.
San`at markazi Mavzu: Applikasiya «Ko`zani milliy uslubda bezatish» . Maqsad: ko`zani milliy naqshlar bezatish, milliy naqsh elementlaridan to`g`ri kompozisiya tuzadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: turli xil va kattalikdagi ko`zalarnamunasi, rangli qog`oz, qaychi, yelim, sochiqcha.
Faoliyatni olib borilishi: Milliy naqsh elementlari bilan bezatilgan ko`zalar suratlarini tomosha qilish.
Applikasiya ishining tartibini ko`rsatib berish.
Bolalarning ijod faoliyati .
Bolalar ishlarini ko`rgazmasi.
Qo`shimcha qism: musiqa sadolari bilan. E`tiborga molik jihati: bolalarning diqqatini milliy naqsh elementlarining xilma-xilligiga qaratish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Rasm chizish Mavzu: «Registon maydonini chizish» . Maqsad: «Registon maydoni»ni aks etgan suratlarni ko`rish, suratni qog`ozning bor hajmiga joylashtirish. Akvarel bo`yog`i va mo`yqalamdan foydalanishni bilish (mo`yqalamning uchi bilan vertikal va turli yo`nalishda erkin harakatlantirish).