O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə170/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

E`tiborga molik jihati: bilish jarayonining shakllanishi.
«Nutq va savodxonlik» markazi
«Milliy xunarmandchilik»
Maqsad: milliy xunarmandchilik xaqida tasavvurga ega bo`ladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuli rasmlar, zar iplar bilan tikilgan chevarchilik namunalari, kashtachilik, o`ymakorlik namunalari, sopol o`yinchoqlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar mavzuli rasmlarni ko`rib chiqishadi.

  2. Namunalarni ko`rib ostidagi xunar nomlarini aytishadi.

  3. Yoqan namunani tanlab olib, sifatlar ishtirokida uni tasvirlab beradi.

  4. Gapni tugatadi: «Men o`ymakorlikni tanladim, chunki..», Qo`shimcha qism: Buyuk Ipak yo`li to`g`risida hikoya qilib berish.

E`tiborga molik jihati: nutqning grammatik tuzilishiga, sifatlarni to`g`ri qo`llashiga.
Fan va tabiat markazi
Daraxtning xususiyatlari bilan tanishish.
Maqsad: tajriba-tadqiqot orqalidaraxt xususiyatlarini aniqlash mumkin.Xulosa chiqarish uchun o`z shaxsiy tajribasiga tayanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ko`rsatkichlar chizilgan daraxt, suv to`ldirilgan idishlar, arralangan yog`och bo`lagi, yoshini ko`rsatadigan xalqalari tasvirlangan arralangan yog`och bo`lagi, issiq suv bilan termos, suvli krujka.
Faoliyatning borishi:

  1. Bola «daraxtdan nimalar qilinadi» varag`ini to`ldiradi. Qarshisiga chizadi (mebel, uy, qalamlar, gugurt va x.z.)

  2. Daraxt arralangan bo`lagini o`rganish. Yoshini bildiradigan xalqalarni ko`rib chiqishadi. Daraxt yoshini aniqlashni urinib ko`rishadi.

  3. Daraxt xususiyatlarini aniqlashadi: shaffoflik, pishiqligi, issiqligi, o`tkazuvchanligi.

  4. Bolalar cho`kish-cho`kmasligi to`g`risida tajriba o`tkazishadi. Suv to`ldirilgan idishga tayoqchalarni tashlashadi. Kuzatishadi va xulosa qilishadi.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin