E`tiborga molik jihati: bolalar jamoadado`stona o`ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o`ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi.
«Mebel do`koni» syujetli-rollio`yin
Maqsad: mebel do`koni sotuvchilarining mexnatini ijodiy tasvirlash, o`ylab topilgan syujet uchun mustaqil sharoit yarata oladi, atributlarni joyida ishlata oladi, ular bo`lmagan taqdirda mos ravishda o`rnini almashtira oladi,xayrixoxlik xislatlarini namoyon etadi, jamoada o`ynaydi,tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Mebel do`koni», rasmi, o`yin uchun vmveska, rasta, kassa apparati, qo`g`irchoq uchun mebel, qog`oz pullar.
Faoliyatning borishi:
Rollarni taqsimlash.
Syujetni o`ynash.Tarbiyachi shuningdek o`zi birinchi xaridor rolini o`ynashi mumkin.
Qo`shimcha qism: suxbat»Jamoat joylarida o`zini tutish qoidalari», suxbat»O`zaro xushmuomala bo`lish odobi».
E`tiborga molik jihati: Bolalar jamoadado`stona o`ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o`ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
«Nutq va savodxonlik» markazi
Mebel xaqida nimalarni bilamiz?
Maqsad: xafta mavzusiga doir lug`at boyligini to`ldirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuli rasmlar, didaktik o`yin «Mebelni tasniflash»
Faoliyatning borishi:
Bolalar «Mebel» rasmlarni tomosha qilishadi. Mebelni nomlarini aytishadi, so`ngra o`zlarini tekshirishadi (to`g`ri javob rasmning orqa tomonida)
mebel to`g`risida topishmoqlar aytish.
Didaktik o`yin. Mebel tasvirlangan rasmlar jamlanmasi. Bolalar ularni ishlatilishiga qarab tasniflashi kerak: oshxona mebeli, maktab uchun mebel, yotoqxona uchun mebel.
Qo`shimcha qism: bolalar rsamlarda ko`rsatilmagan mebel nomlarini aytishadi.
Dostları ilə paylaş: |