Faoliyatning borishi: 1. Bolalar rollarni taqsimlashadi.
Syujtning o`ynalishi.
Qo`shimcha qism: bolalar rollari bilan almashishi mumkin; muzqaymoqning turli xillari jamlangan menyuni tayyorlash.
E`tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurlarini shakillanishi, o`rin almashaydigan o`yinchoqlardan foydalanish, to`g`ri nutqni shakllantirish.
«Nutq va savoDxonlik» markazi Maishiy anjomlar - bizning yordamchilarimiz Maqsad: maishiy anjomlar va ularning vazifalarini biladi. Elektor anjomlar odamning kundalik xayotidagi yordamchilari ekanligini, ulardan noto`g`ri foydalansa hayot uchun xavfli ekanligini anglaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuli kartochkalar, maishiy anjomlar chegaralari tasvirlangan kartochkalar, maishiy anjomlar nomlari yozilgan kartochkalar.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar maishiy anjomlar tasvirlangan rasmlarni ko`rib chiqishadi, nomlarni hamda nima uchun ishlatilshini aytishadi.
2. Kartochkalarda chegarasini belgilashadi va nomlanishini aniqlashadi.
Nomlari keltirilgan kartochkalar bilan rasmlarni taqqoslashadi.
Qo`shimcha qism:kartochkalarda bo`lmagan maishiy anjomlarni keltirib o`tishadi va nima maqsadda ishlatilishini aytishadi.
E`tiborga molik jihati: ishlatilishiga qarab maishiy anjomlarni farqlash, gapni to`g`ri tuzishni o`rganish.
«Nutq va savodxonlik» markazi «Maishiy anjomlarni ajrat» (muzlatadigan va isitadigan) Maqsad: maishiy anjomlar va ularning vazifalarini biladi. Elektor anjomlar odamning kundalik xayotidagi yordamchilari ekanligini, ulardan noto`g`ri foydalansa hayot uchun xavfli ekanligini anglaydi. Isitadian va sovutadiganga ajratadi.
Kerakli Jihoz va materiallar:maishiy texnika tasvirlangan suratlar, (xolodilnik, muzlatgich, muzqaymoq tayyorlaydigan uskuna, mikroto`lqinli pech, nonpechka, soch qurutgich).