Qo`shimcha: maktab haqida shyerlarni eslaydi. Tarbiyachi o`qituvchilik kasbi haqida gapirib beradi.
Nimaga ahamiyat berish lozim: Jamoada ishlash qobiliyatiga ega;
Geometrik shakllar va qurilish materiallar to`g`risidagi tushunchani mustahkamlash;
Syujetli-rolli o`yin va sahnalashtirish markazi «Shifokor qabuliDa» Maqsad: Shifokor kasbi bilan tanishish. Ayrim tibbiyot uskunalar nima uchun ishlatilishi to`g`risida tushunchaga ega (xarorat o`lchagich, shpris, stetoskop va h.k.)
Jixoz va materiallar: shifokor uchun kerakli bo`lgan bolalar to`plami, shifokor to`plami, qo`g`irchoqlar.
Faoliyatning borishi: Rollarni mustaqil ravishda taqsimlaydi (shifokor, ona qizi bilan va h.k.)
O`zi o`ylab topgan ssenariyni saxnalashtiradi
Mazkur tematika bo`yicha rollar bilan almashadi va yangi syujetni sahnalashtiradi.
Nimaga E`tibor berish lozim:o`yin davomida bolalarning o`zaro munosabati; o`yin ishtirokchilariga emosional munosabat; faol bo`lmagan bolalarning o`yindagi ishtiroki.
Til va nutq markazi «Kasblarning har hil turlari» Maqsad: Ayrim kasblarni biladi va ularning inson xayotidagi roli.
Jixoz va materiallar: har bir bola uchun rasm, tematik rasmlar.
Faoliyatning borishi: She`rlarni tinglaydi
«Kasblar» rasmlarini ko`rib chiqadi.
Ota-onasining kasbi va ular nima bilan shug`ullanishi to`g`risida gapirib beradi. (masalan, mening onam - bolalar shifokori. Ular bolalarni davolaydilar, dori va ukollarni yozibberadi. Mening otam - avtobus haydovchisi. Ular odamlarni ishga va o`qishga olib boradilar.)