O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə54/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: Qo`shimcha ravishda tarbiyachi eng muhim belgi va yo`lda yurish qoidalarini tushuntirib, mustahkamlashi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Xotira, diqqat va ijodkorlikni rivojlanishi;

  2. Tasavvurlari va nutqni rivojlanishi;

  3. Hayot havfsizligi saboqlariga.

Fan va tabiat markazi
Ichimlik suvi qanday keladi?
Maqsad: suv haqidagi tushunchalarni, fizika qonunlarini mustahkamlash, tabiiy sharoitda suv chiqarish usullari bilan tanishadi.
Jihoz va materiallar: belkurak, klenka, tosh.
Faoliyatning borishi:

  1. Muassasa xududidagi bog`dan tajriba joyini tayyorlash;

  2. Yerda chuqurligi 25 va diametri 50 sm bo`lgan chuqurni tayyorlash;

  3. Chuqurning markaziga bo`sh plastik konteyner yoki boshqa idishni o`rnatish, uning atrofiga yangi yashil o`t va barglarni joylashtirish;

  4. Chuqurlikni toza polietilen klenka bilan yopish va uning atroflarini chetidan havo chiqmaydigan qilib tuproq bilan berkitish;

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga uzoq o`lkalarga sayohat qilgan va bu sayohat vaqtida suvsiz qolgan sayohatchilar haqida qiziq voqyealarni o`ylab topishni taklif etadi.
E`tiborga molik jihati:
Bolalarning kuzatuvchanligiga, amalga oshirilgan tajriba bo`yicha ota-onalar bilan muxokama uyushtirish va uyda mustaqil bajarishni taklif qilish.
San`at markazi
Yo`l belgilarini yasash (loy ishi)
Maqsad: plastelin yoki loydan yo`l belgilarini chsashni biladi, qo`shimcha materiallardan foydalanadi. Madaniy gigiyenik ko`nikmalari shakllangan. Plastelinni aylantirish va dumalatish ko`nikmalari rivojlangan.
Jihoz va materiallar: oq tuproq va plastilin, yo`l belgilarini bezatish uchun jixozlar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Yo`l belgilari» mavzusidagi rasmni tomosha qilish;

  2. Ish stolini yo`l belgilarini yasash uchun tayyorlash;

  3. Yo`l belgilarini yasash;

  4. Bolalar ishlari natijalarini muxokama qilish.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin