O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə50/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Jihoz va materiallar: geometrik, hamda qurilish kerakli shakl va jihozlar, yo`l.
Faoliyatning borishi:

  1. Piyoda mavzusidagi rasmlarni kuzatish.

  2. Bolalar bilan «Piyodalar yo`lagi» ni qurish rejasini tuzish.

  3. Geometrik shakllardan «Piyodalar yo`lagi»ni qurish.

  4. «Piyodalar yo`lagi»ni o`lchash.

  5. Bolalar ishini muxokama qilish va rag`batlantirish.

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga oq qog`ozdan lentachalar kesib, piyoda yo`lakchasini yopishtirishni tavsiya etadi.
E`tiborga molik jihati: Bolalarning jamoada ishlashi, qurilishda tozalikka e`tibor, hayot havfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
«Men piyoda»
Maqsad: Jamoat joylarida o`zini tuta oladi. Transport vositalarining havfli ekanligini tushunadi. Transport turlarini farqlaydi. Kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish malakasiga ega.
Jihoz va materiallar: Ko`rsatkich, mashinalar, hizmat bosh kiyimi, yo`l ko`rsatish tayoqchasi.
Faoliyatning borishi:

  1. Mavzuga oid mavzularni kuzatish;

  2. Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish;

  3. Qog`oz kartondan ko`rsatkich va belgilarni tayyorlash;

  4. Bolalar orasida rollarni taqsimlash;

  5. O`yin ishtirokchilarining diqqatlarini yo`lni to`g`ri kesib o`tishga, yo`l belgilariga rioya etishga chaqirish;

  6. Jamoa joylarida tartib saqlash, yo`l belgilari haqidagi bilimlarini mustahkamlash;

  7. O`yinlar muhokamasi va bolalarni rag`batlantirish.

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalar bilan «Bilmasvoy shaharda (qishloqda) mavzusida o`yinni sahnalashtirishi mumkin. «Uydan bog`chagacha» yo`l xaritasini tuzish, jamoat joylarida jamoa tartibi qoidalariga rioya qilish, atrofga e`tiborli bo`lish, tozalikni saqlash, piyodalar yo`lkasidan yurish, katta yo`lga chiqib ketmaslik, piyodalar yo`lkasi yo`lovchilar uchun ajratilgan bo`lib, piyodalar yo`lagi bo`lmagan taqdirda katta yo`lning chetidan mashinalar qatnoviga qarama-qarshi yurishi lozimligini tushuntiradi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin