O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə46/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga rasm mavzusiga oid she`r yoki qo`shiq kuylashni taklif qilishi, ko`rgazma tashkil etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:

  1. Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o`rgatish.

  2. Kelajak mashinasi g`oyasini kiritish.

  3. Tasavvuri va mayda qo`l motorikasini rivojlantirish.

  4. Hayot xavfsizligi saboqlari.

Qurilish markazi
«Avtostrada: qanday harakat qilish kerak?»
Maqsad: «Avtomobillar qatnovi uchun maxsus katta yo`lni kubiklar, qurilish bloklaridan qurish, fazoda mo`ljalga olish, diqqat, idrok, xotirani rivojlantirish, topshiriqni berilgan ketma ketlikda bajarish, hajmga ega bo`lgan shakllarni nomini bilish va undan foydalangan holda qurish, rang va shakllarni bilish.
Jihoz va materiallar: kubiklar, geometrik shakllar, lego, avtostrada elementlari, «To`g`riga harakat», «O`nga harakat», «Chapga harakat» yo`l belgilari.
Faoliyatning olib borilishi:

  1. «Avtostrada» mavzusidagi rasmni ko`zdan kechirish.

  2. Bolalar tomonidan avtostrada qurilishini rejalashtirish.

  3. Bolalar tomonidan yo`lni qurish.

  4. «To`g`riga harakat», «O`nga harakat», «Chapga harakat» yo`l belgilaridan foydalangan holda qurish.

  5. Harakat boshlanishi va borish nuqtalarini belgilanadi.

  6. Bolalar belgilangan yo`nalish bo`yicha yo`l harakati qoidalarini buzmagan holda belgilangan nuqtaga tezroq yetib borishlari kerak.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`z ishlarini belgilar, reklama lavhalari o`rnatishni taklif qilishi mumkin. (Ularni bolalar chizishi yoki konstruksiyalashi mumkin)
E`tiborga molik jihati:

  1. Bolalarni jamoada ishlashga o`rgatish.

  2. Tasavvurini rivojlantirish

  3. Hayot xavfsizligi saboqlari.

Nutq va til markazi
«So`z o`yini»

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin