Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga rasm mavzusiga oid she`r yoki qo`shiq kuylashni taklif qilishi, ko`rgazma tashkil etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o`rgatish.
Kelajak mashinasi g`oyasini kiritish.
Tasavvuri va mayda qo`l motorikasini rivojlantirish.
Hayot xavfsizligi saboqlari.
Qurilish markazi
«Avtostrada: qanday harakat qilish kerak?»
Maqsad: «Avtomobillar qatnovi uchun maxsus katta yo`lni kubiklar, qurilish bloklaridan qurish, fazoda mo`ljalga olish, diqqat, idrok, xotirani rivojlantirish, topshiriqni berilgan ketma ketlikda bajarish, hajmga ega bo`lgan shakllarni nomini bilish va undan foydalangan holda qurish, rang va shakllarni bilish.
Jihoz va materiallar: kubiklar, geometrik shakllar, lego, avtostrada elementlari, «To`g`riga harakat», «O`nga harakat», «Chapga harakat» yo`l belgilari.
Faoliyatning olib borilishi:
«Avtostrada» mavzusidagi rasmni ko`zdan kechirish.
Bolalar tomonidan avtostrada qurilishini rejalashtirish.
Bolalar tomonidan yo`lni qurish.
«To`g`riga harakat», «O`nga harakat», «Chapga harakat» yo`l belgilaridan foydalangan holda qurish.
Harakat boshlanishi va borish nuqtalarini belgilanadi.
Bolalar belgilangan yo`nalish bo`yicha yo`l harakati qoidalarini buzmagan holda belgilangan nuqtaga tezroq yetib borishlari kerak.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`z ishlarini belgilar, reklama lavhalari o`rnatishni taklif qilishi mumkin. (Ularni bolalar chizishi yoki konstruksiyalashi mumkin)
E`tiborga molik jihati:
Bolalarni jamoada ishlashga o`rgatish.
Tasavvurini rivojlantirish
Hayot xavfsizligi saboqlari.
Nutq va til markazi
«So`z o`yini»
Dostları ilə paylaş: |