Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`z ishlarini mayda o`yinchoqlar bilan to`ldirishni taklif qilishi mumkin. (mashinalar, asboblar, daraxtlar va boshqalar) E`tiborga molik jihati: Bolalarni jamoada ishlashga o`rgatish.
Tasavvurini rivojlantirish
Hayot xavfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o`yin va Dramatizasiya markazi «Samolyotda uchamiz» Maqsad: Aeroport, aeroport xodimlari mehnati haqida tasavvurga ega bo`lish, bolalarda uchuvchi va yo`lovchilarning o`zaro munosabatlari haqida tushuncha hosil bo`ladi, uchish vaqtida qoidalarga amal qilishni biladi. Kattalarga va aeroport xizmatchilariga nisbatan hurmat hissi tarbiyalanadi.
Jihoz va materiallar:uchuvchi va styuardessa kiyimi, unga mos aksessuarlar, chemodan, kreslo.
Faoliyatning olib borilishi: Bolalar o`rtasida rollarni taqsimlash
Aeroport xizmatchilari bilan uchrashuv va yo`nalishni rejalashtirish.
«Samolyotda uchamiz» o`yinini o`ynash.
O`ynalgan o`yin bo`yicha suhbat.
Qo`shimcha qism:Tarbiyachi bolalarga trapni konstruksiyalash, chiptalarni chizib tayyorlash, musiqiy bezatishni taklif etish mumkin.
E`tiborga molik jihati: Bolalarning aeroport xizmatchilari bilan muloqot qilish ko`nikmasini
shakllanishi;
2.
3.
Logik tafakkurni rivojlantirish;
Hayot havfsizligi saboqlari.
NOYaBR 2 HAFTASI EHTIYOTKOR PIYODA HAFTASI Qurilish markazi «Piyoda yo`lkasi» Maqsad: geometrik shakllarni farqlashni mustahkamlash, piyoda yo`lakchasining nima uchun keraklini aytib bera oladi. Yo`lakchani geometrik shakllaridan qurishda qancha shakl ketganligini hisobini olishga o`rgatish.