Qo`shimcha qism: o`simliklar, yelim idishlar, gul ekilgan tuvak, sharlar, belrurakcha, konteyner.
E`tiborga molik jihati: Tajriba o`tkazish davomida salomatlikni saqlash qoidalariga rioya qiladi;
Tasavvurlarini kengaytirish va mayda qo`l motorikasining rivojlanishiga;
Hayot havfsizligi saboqlariga.
San`at markazi O`z qo`limiz bilan «Svetofor» yasaymiz Maqsad: kartondan svetofor yasashni biladi. Tashlandiq materiallardan foydalana oladi. O`z ishiga javob beradi.
Jihoz va materiallar: rangli qog`oz va karton, qaychilar, yelim, qutilar, plastelin, tabiat materiallari (barglar, navdalar, urug` va boshqalar).
Faoliyatning borishi: «Shahardagi svetofor» mavzusidagi rasmni ko`rish;
Svetofor yasash uchun stolni tayyorlash;
Qattiq qora kartondan to`g`ri turtburchak shakl kesib olish;
Doira shaklidagi shablonni tayyorlash va to`rtburchakda 3 ta doira hosil qilinadi;
Kesilgan doiralarga qizil, sariq, yashil rangli kartonlardan doiralar kesiladi va qora kartondagi teshiklarga yopishtiriladi;
To`g`ri to`rtburchakning yon tomonlariga ham qora kartondan kesib tayyorlangan turtburchaklar yopishtiriladi;
Harakatlantiruvchi qismlar o`rnatiladi;
Bolalarning faoliyat natijasini muhokama qilish.
Qo`shimcha qism:ko`rgazma tashkil etiladi. Mavzu bo`yicha she`r yoki qo`shiq ijro etiladi.
E`tiborga molik jihati: Bolalarning gigiyenik talablarga rioya qilgan holda ishlashlariga;
Bir-birlarini hurmat qilishga;
Tasavvurlarini kengaytirish, bog`langan nutqini a, mayda qo`l motorikasini rivojlanishiga;