Qo`shimcha qism: tarbiyachi mavzu bo`yicha she`r yoki ashula aytib berishni taklif etishi va ko`rgazma tashkil etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: Ozoda va gigiyenik talablarga rioya etib ishlash ko`nikmasining rivojlanishiga;
Do`stining mehnatini hurmat qilish;
Tasavvurlari, bog`langan nutqi va mayda motorikasini rivojlantirish;
Hayot havfsizligi saboqlari.
NOYaBR 3 HAFTASI FAVQULODDA VAZIYATLAR HIZMATLARI Syujetli-rolli o`yin va sahnalashtirish markazi «Biz qutqaruvchilarmiz» Maqsad: xavfli vaziyatlar haqida tasavvurga ega, qutqaruv xizmati ishi haqida elementar bilimga ega.
Jihoz va materiallar:niqoblar, rul mashinalar kostyumlar; furajkalar, mavzu yuzasidan turli vaziyatli illyustrasiyalar
Faoliyatning borishi: Mavzu yuzasidan syujetli rasmlarni ko`rish
Rollarni taqsimlash va turli vaziyatlarni sahnalaashtirish.
Tezkor chaqiruv telefonlari haqida bilimlarni mustahkamlash.
O`yinlar, muhokama va bolalarni rag`batlantirish.
Qo`shimcha:Badiiy so`z bilan to`ldirish.
Nimaga e`tibor qaratish lozim: lug`at boyligini boyitish, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish; hayot xavfsizligi saboqlari
Til va nutq markazi Mavzu «Xavfli predmetlar» Maqsad: turmushdagi xavfsizlik manbalari haqida elementar bilimga ega - elektroasboblar, gaz plitasi, gugurt. Ayrim asboblarning bolalar uchun xavfli tomonlarini tushuntirib bera oladi.
Jihoz va materiallar: mavzu bo`yicha illyustrasiyalar, plakatlar, xavfli predmetlar va tezkor xizmat raqamlari ko`rsatilgan peshlavha.
Faoliyatning borishi.
Syujetli rasm va plakatlarni kuzatish.:
Rasmlar bo`yicha tayanch so`zini aytadi;;
rasmdagi vaziyatlarni tavsiflaydi ;
mos raqamli peshlavhani topadi, undagi tezkor xizmatning raqamini aytadi;