Qo`shimcha: kelajakda kim bo`lishi to`g`risida so`zlab beradi.
Nimaga ahamiyat berish lozim: bolalar nutqini to`g`ri qo`yish.
Fan va tabiat markazi «Baliqchalarni parvarishlaymiz» Maqsad: akvariumdagi baliqchalarni parvarishlay oladi, baliqchalarni qanday ozuqalanishini va ozuqalantirishni biladi. Suvda baliqning qanday nafas olishini tushunadi.
Jixoz va materiallar:baliqchalar bilan akvarium, ularning ozuqasi, qarmoq, bolalar uchun suv osti o`yinchoqlari.
Faoliyatning borishi: Bolalar akvariumni kuzatadi va baliqchalarni parvarishlash bo`yicha bilimini ko`rsatadi.
Baliqchalar to`g`risida nimalar bilishini so`zlab berishadi.
Baliqlarning rangi to`g`risida so`zlab beradi.
Akvarium va baliqlarning rasmini chizadi.
Nimaga ahamiyat berish lozim:faol bo`lmagan bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish, emosional holati, xayot xavfsizligi asoslari.
Qurilish, yasash va matematika markazi «AtrofimizDagi xarflar» Maqsad: raqamlarni taniydi, ularni yozishni biladi. Topishmoq va maqolalar bilan qiziqadi.
Jixoz va materiallar: raqamlar rasmi, «Raqam nimaga uxshaydi» predmetlarning illyustrasiyasi, hisob tayoqchalari, masalalar bilan qog`ozlar.
Faoliyatning borishi: 10 gacha va orqaga sanay oladi;
«Raqam nimaga uxshaydi» predmetlarning illyustrasiyasini tamosha qiladi.
Raqamli kartochkalarni tartibli joylashtira oladi..
Har bir raqamli kartochkalar tagida hisob tayoqchalari va tish kovlagich bilan raqamni yasay oladi.
Qo`shimcha:masalalar ko`rsatilgan varaqlarni to`ldiradi.
Nimaga ahamiyat berish lozim: bolalarning faol ishtiroki; xayot xavfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o`yin va sahnalashtirish markazi «Dimlaymiz, pishiramiz - oshpazlik kasbi»