Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga tabiat burchagini o`z chizgan rasmlari bilan bezatib qo`yishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: o`ziga bo`lgan ishonchni, tashabbuskorlikni , bolalarning ijodiy fikrlarini qo`llab quvvatlash.
San`at markazi «Biz qishda sayrda» loy ishi Maqsad: loy bilan ishlashning turli usullarini egallaydi, inson shakli va harakatlarini, ularning harakterli belgilarini, nisbatini yanada aniq ifodalaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, salfetka, steklar, taxtachalar, «Qishki maydoncha»
Faoliyatning borishi: Bolalar o`yinchoq qo`g`irchoqchalar qatnashuvchi o`yin syujetlarini o`ylab topadilar, plastilinning tegishli rangini tanlaydilar.
Bolalarning produktiv faoliyati
Bolalar «Qishki maydoncha»ga figuralarni o`rnatadilar.
Qo`shimcha qism:tarbiyachimaydonchada ko`shimcha o`rindiq, arg`imchoqlarni o`rnatishni taklif qiladi.
E`tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatni, barmoqlarning mayda
motorikasini rivojlantirish.
Nutq va til markazi «Qish haqidagi rasmni jamla» (pazllar) didaktik o`yini. Maqsad: fikrni ifodalash uchun eng aniq so`zni tanlay olish ko`nikmasi shakllanadi. Bolalarning qish, qish belgilari haqidagi bilimlari boyitiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar:qishga oid rasmlar- pazllar.
Faoliyatning borishi: Qish haqidagi she`rni yodga tushirish va aytib berish.