Qo`shimcha qism: tarbiyachi qish haqidagi maqol va tez aytishlarni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: maqol va tez aytishlarning ma`nosini tushunish; barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish, pazl-rasmlarning to`g`ri joylashtirilishi.
Nutq va til markazi «Bu qachon sodir bo`ladi?» didaktik o`yini Maqsad: insonlar hayoti va ularni o`rab turgan tabiat, yil fasllari o`rtasida bog`liqlik o`rnatiladi. Faol va passiv lug`uat boyitiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: yil fasllari mavzusiga oidkartochka-rasmlar. Faoliyatning borishi: Bolalar rasmlarni ko`zdan kechiradilar.
Bolalar kartochkada nima tasvirlanganini, va bu qachon sodir bo`lishini hikoya qiladilar.
Kartochkalarni yil fasllariga ko`ra tasniflaydilar.
Qo`shimcha qism:mavzuga oid she`rni aytib berish.
E`tiborga molik jihati: nutq bo`laklarini grammatik jihatdan to`g`ri qo`llash, murakkab gaplarni tuzish.
DEKABR 2 HAFTASI. «SOG`LOM TANDA - SOG`LOM AQL» Fan va tabiat markazi «Muz parchasini kuzatamiz» Maqsad: kuzatishlar asosida umumlashmalar va xulosalar chiqarish, qor, muz, suvning xossalari haqida tasavvurga ega bo`lishni o`rgatish.
Kerakli Jihoz va materiallar:qish va qish hodisalari haqidagi rasmlar, muz parchalari, muz erishiga mo`ljallangan idish
Faoliyatning borishi: Qish va qish hodisalari haqidagi rasmlarni ko`rib chiqish. Turli shakldagi muz parchalarining rasmlari.
Bolalarga muzni ushlab ko`rishni taklif etish va kuzatish. Muzning xossalarini ta`riflash (sovuq, xo`l, sirg`anchiq, silliq).
Muz xona haroratidan, kaftlarning issiqligidan eriydi va suvga aylanadi.
Bolalardan suvni idishga quyishni va muzga aylanishi uchun muzlatgichga qo`yishni so`rang.