Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, akvarel bo`yoq, qalamlar, salfetkalar, sportning turli shakllari, musobaqalar haqidagi rasmlar.
Faoliyatning borishi: Mavzuli rasmlarni tamosha qilish.
Bolalar o`zlariga qaysi sport turi yoqishini aytishadi va mustaqil ravishda o`z rasmining syujetini tanlaydi.
Bolalarning unumli faoliyati.
Qo`shimcha qism:bolalarning rasmlaridan «Sog`lom tanda - sog` aql» ko`rgazmasini tashkil qilish.
E`tiborga molik jihati: rasm chizish davomida o`z g`oyalarini ifodalanishiga erishish.
Til va nutq markazi «Qaysi so`z to`g`ri kelmaydi?» mavzusidagi didaktik o`yin Maqsad: barcha tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish, so`zning mazmuni bo`yicha ishni davom ettiradi.
Kerakli Jihoz va materiallar:«Sport» , «Qish» , «Maktab» , «Yangi yil» mavzularidagi rasmlar turkumi, turli buyumlarning rasmlari.
Faoliyatning borishi: «Sport» , «Qish» , «Maktab» , «Yangi yil» mavzuli rasmlarini tomosha qilish.
Kartochkalarni bolalar o`rtasida taqsimlash.
Bolalar mavzuga oid kartochkani tanlaydi va «Nima uchun to`g`ri kelishini» tushuntiradi.
Qo`shimcha qism: nima uchun boshqa rasmlar to`g`ri kelmasligini tushuntirish.
E`tiborga molik jihati: nutqning aniqligiga erishish.
3 HAFTA. «KIYIM VA POYAFZAL» . Qurish va yasash markazi Mavzu: «Qog`oz va kartondan yasalgan ayiqcha» Maqsad: qog`oz va kartondan shakllarni konstruksiyalashni o`rganish
Kerakli Jihoz va materiallar: gofrirovka qilingan karton, qaychi, tugmalar, tasma, qog`oz, tayoqcha, ish namunasi va chizmasi
Faoliyatning borishi: Tayyor «Ayniqcha» namunasini ko`rib chiqish.
Ishni bosqichma bosqich bajarish chizmasini ko`rib chiqish.
Ish bosqichlari: shablon asosida ayiqning barcha qismlarini kesib chiqamiz. Ayiqning barcha qismlarini bo`yaymiz.
Tanasida va qo`llarida teshiklar yasaymiz, va qo`llaridan boshqa barcha qismlarini yopishtirib chiqamiz.
Tugmalar yordamida qo`l-oyoqlarini tanasiga mahkamlaymiz.