Qo`shimcha qism: «Uch ayiqcha» ertagi uchun Qo`shimcha qism ayiqchalarni yasashni taklif etish.
E`tiborga molik jihati: ijodiy konstruksiyalashga qiziqishni oshirish, bajarilgan ishdan qoniqish hosil qilish.
Syujetli-rolli o`yin va Drama markazi
«Atelye»
Maqsad: atelyeda kiyim tikish bo`yicha mehnatning mazmuni haqida tasavvur hosil qilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mato, bolalar tikuv mashinkasi, o`yinchoqlar: dazmol, dazmollash taxtasi, kiyim, kiyim detallari (yoqa, cho`ntak, tugmalar, yopishqoq tasma, kamar), ilgaklar, «Atelye» kartochkalari yoki rasmlari
Faoliyatning borishi:
Atelye mavzusi bo`yicha rasmlarni yoki kartochkalarni tomosha qilish.
Atelye uskunalari, u yerdagi vaziyat bilan tanishish.
Rollarni taqsimlash, o`yin qoidalarini belgilash. Modali kolleksiyani yaratish (zarur holatlarda tarbiyachi yo`naltiradi va tuzatishlar kiritadi).
O`yin jarayonida rollar bilan almashish mumkin.
Qo`shimcha qism: modalar namoyishi
E`tiborga molik jihati: bolalarning turli kasblar va jamiyat hayotida inson mehnat faoliyatining ahamiyati haqidagi tasavvurini boyitish.
Til va nutq markazi
«Kiyimlarni ularni qo`llash maqsadi bo`yicha tasniflash»
Maqsad: lug`atini boyitadi, kiyim va poyafzal haqidagi tasavurini kengaytiradi, kiyim, poyabzalni farqlashga va ulardan foydalanishga o`rgatadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavsumiy kiyimlar (telpak, quloqchin, panama) , poyabzallarning (tufli, etik va b.) rasmlari-kartochkalari.
Faoliyatning borishi:
Rasm-kartochkalarni tomosha qilish.
Kiyim, poyabzal va bosh kiyimini mavsumga ko`ra tasniflash. Nomini to`g`ri aytish.
Kiyimni maqsadiga ko`ra tanlash (bayram libosi, ish kiyimi, uy kiyimi, maxsus kiyim (vrachlar, quruvchilarniki).
Dostları ilə paylaş: |