O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə74/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

E`tiborga molik jihati: odamlarning kasbiga hurmat tuyg`usini tarbiyalash, o`yin paytida bolalarning ijodiy mustaqilligini qo`llab-quvvatlash.
San`at markazi
Konstruksiyalash, «Do`ppi» applikasiyasi.
Maqsad: qog`oz bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish, kesib chiqish usullaridan foydalanish, do`ppida naqshlarni chiroyli joylashtirishni o`rgatish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, yelim, salfetkalar, rangli qog`oz, do`ppining tayyor namunasi, konstruksiyalash bosqichlariga oid kartochkalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Haqiqiy do`ppi va tayyor namunani ko`rib chiqish.

  2. Qog`ozdan do`ppi yasashni konstruksiyalash bosqichi bilan tanishish.

  3. Naqshni kesib chiqish usullari bilan tanishish.

  4. Do`ppi yasash.

  5. Bolalarning ijodiy ishi, do`ppini bezash.

Qo`shimcha qism: O`zbekistonning turli hududlariga xos do`ppilarni tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: qaychi bilan to`g`ri ishlash ko`nikmalarini mustahkamlash, qo`lning mayda motirikasini rivojlantirish.
Til va nutq markazi
O`zbek milliy libosni ko`rib chiqish va ta`riflash.
Maqsad: milliy o`zbek libosi haqida tushunchani shakllantirish;(do`ppi, chopon, atlas, adras, beqasam).
Kerakli Jihoz va materiallar: qo`g`irchoqlar uchun milliy o`zbek libosi, qiz bola qo`g`irchoq, o`g`il bola qo`g`irchoq, sandiq, mavzuga oid kartochkalar, milliy o`zbek libosiga illstrasiyalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Milliy o`zbek libosi namoyishi illyustrasiyasini tomosha qilish.

  2. Sandiq ichidagilarni ko`rib chiqish (chopon, atlas ko`ylak, milliy ro`mol, salla, beqasam, adrasdan kamzul, do`ppi, yaxak).

  3. Qiz bola uchun kiyim, o`g`il bola uchun kiyimni tasniflash.

  4. Bolalar qiz bola va o`g`il bola qo`g`irchoqni yasantiradi.

  5. O`zbek milliy musiqasini tinglash, qo`g`irchoqlar bilan o`ynash.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin