Qish haqida asar Maqsad: she`rni yoddan mazmunli o`qish, she`rni muallifini bilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qish haqidagi surat va kitoblar
Faoliyatni olib borilishi: Bolalar qish haqida yozilgan asarlarni ko`rib chiqadilar.
Kitobning muqovasidan muallifni, kitobning nomini o`qiy oladilar.
Tarbiyachi yordamida qish haqidagi she`rni yod olish.
Qo`shimcha qism:bolalar bilan yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlashish.
E`tiborga molik jihati: she`riy asarlarga ijobiy munosabat bildiradi.
Ilm-fan va tabiat markazi «Muz va qor bilan tajriba»
Maqsad: qor va muzning fizik xususiyatlarini biladi, bilishga oid masallalarni yechadi va xulosalar chiqaradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ikkita stakan,(biri qor, ikkinchisi muz bilan to`ldirilgan), qor va muz aks etgan suratlar, rangli qog`ozlar (kul rang, oq va ko`k ranglari), qish ajoyibotlari aks etgan suratlar, bo`yoq va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi: Bolalar qor va muz haqida topishmoqlar o`qiydilar.
Qor va muz bilan to`ldirilgan stakanlarni tomosha qiladilar.
Rangi va shaffofligini aniqlaydilar.
Paypaslab ko`rib qattiq va nozikligini aniqlaydilar.
Haroratni ta`sirini aniqlaydilar.
Qo`shimcha qism: sayr vaqtida qorda tayoqcha bilan rasm chizishni taklif qilish.
E`tiborga molik jihati: bolalarni bilish faoliyatini rivojlantirish.
Ilm-fan va tabiat markazi Ta`limiy o`yin «Qishki o`yinlar» Maqsad: sportning qishki turlari haqida tasavvur hosil qilish, sport jihozlarining ahamiyatini bilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: sportning qishki turlari va sport jihozlari aks etgan belgili yirik (topishmoqli) va kesma kartochkalar.