«Harbiy texnika , mashinani yig`ish» Maqsad: harbiy transportni biladi, syujetni ijodiy rivojlantiradi, bizning Qurolli kuchlarimiz (armiya) bilan faxrlanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: kesma suratlar, kichik qutilar,gugurt quti, harbiy texnika aks etgan suratlar.
Faoliyatni olib borilishi: Bolalar harbiy texnika aks etgan suratlarni ko`radilar.
Bolalar o`z tanlovlari asosida qutilardan harbiy texnikalarni quradilar.
Ishni tugatish uchun rangli qog`oz, yopishqoq bayroq, yulduz va boshqa tasvirlardan foydalanishlari mumkin.
Qo`shimcha qism:Ko`rgazma ish «Harbiy texnika»
E`tiborga molik jihati: bolalarda ijodiy qurish yasashni takomillashtirish, shug`ullanish jarayonida ular orasida ijobiy hamkorlikni shakllantirish, qo`l motorikasini rivojlantirish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi Syujet-rolli o`yin «Harbiy dengizchilar» Maqsad: harbiy kasblar - kapitan, bosman, aloqachi, dengizchilarni biladi, davomida harbiy dengizchilarning harbiy harakatlari aks etgan syujetni rivojlantiradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qurilish jihozlari, kapitan bosh kiyimi, harbiy dengizchi kiyimi (dengizchilar yoqasi va bosh kiyimi), shturval, durbin, qurol, langar, suratlar.
Faoliyatni olib borilishi: Modullardan kema quradi (stullardan foydalanish mumkin).
Rollarni taqsimlash.
Bolalar mustaqil Dengiz floti o`yinini o`ynaydilar.
O`yin «Trapdan o`taman». Yerdagi arqonning ustidan ko`zlar bog`langan holatda muvozanat saqlab yurish.
Qo`shimcha qism: Harbiy dengizchilar haqidagi filmni namoyish etish.
E`tiborga molik jihati: bolalarda ahloqiy-vatanparvarlikni tarbiyalash, syujetni ijodiy rivojlantirish malakasini oshirish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi