Faoliyatni olib borilishi: Bolalar muammoli vaziyatlar aks etgan suratlarni ko`radilar, soyga nima bo`ldi? O`rmonga nima bo`ldi? Daraga nima bo`ldi?
Bolalar suratlarni ta`riflashadi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini, biz qanday qilib tabiatni qo`riqlashimiz kerakligini tushuntiradilar.
Ushbu mavzuga mos bo`lgan pazzlarni yig`adilar.
Qo`shimcha qism:«Qushlar va hayvonlar» mavzusidagi ta`limiy o`yinni o`tkazish.Bolalarni tabiatdagi jarayonlarning turli xilligiga va uni qo`riqlashga jalb etish.
E`tiborga molik jihati: tabiat va inson tushunchalarini rivojlantirish, tabiatda insonning o`rnini anglash, tabiatning ko`rkamligiga, yer yuzidagi barcha tirik jonzotga mehr-muxabbat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni tarbiyalash.
San`at markazi Rasm chizish «Bizning jonajon armiya» Maqsad: askar suratini chizish, jangchining timsolini yaratish, harbiy kiyimga alohida urg`u berish, qog`ozga tasvirni joylashtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuga oid suratlar, markazning nomlanish, A-4 formatidagi qog`oz, guash, mo`yqalam, suv uchun stakan.
Faoliyatni olib borilishi: Bolalar harbiy mavzuga oid suratlarni ko`radilar.
Berilgan mavzuga o`zining xohishiga ko`ra syujetni o`ylab topadi.
O`ylaganlarini amalga oshiradi. Chizish ketma-ketligi bo`yicha chizma taklif qilish mumkin.
Qo`shimcha qism: Qurish va yasash, san`at markazlarida ko`rgazma tashkil etish
E`tiborga molik jihati: bajarilgan ishga mustaqil yondashuv, kayfiyatni ko`tarish va vatanparvarlik hissini rivojlantirish. San`at markazi Loy ishi «jonajon Vatanimga dushman qo`rqinchli emas» . Maqsad: yaratilayotgan obraz orqali insonning fe`l-atvorini ko`rsatib berish, armiya bilan faxrlanish, kuchli, epchil va jasur bo`lishga intilish.