Qo`shimcha qism: Bolalarning qaysi paytlarda milliy libos kiyishi haqidagi hikoyalari.
E`tiborga molik jihati: milliy an`analarga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish.
4 HAFTA «YANGI YIL BAYRAMI» Qurish va yasash markazi «Katta va mayda archalarni konstruksiyalaymiz» Maqsad: konstruksiya yaratish ko`nikmasi, tassvurga ega bo`lishni rivojlantirish, konstruktiv va o`yinga oid jamoaviy faoliyatga o`rganish.
Kerakli Jihoz va materiallar:qurilish materiali, modullar, lego, qurilish to`plami, turli archalar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi: Rasmlarni tomosha qilish.
Bolalar tomonidan konstruksiyalash uchun materiallar tanlash.
Bolalarning samarali ishi.
Bolalar archalarni taqqoslaydi.
Tushuntirish: nima uchun archa katta? Nima uchun archa kichkina?
Ishni muhokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism:bolalarga archani bezashni taklif qilish (rangli qog`ozlar, mayda archa o`yinchoqlari, mayda o`yinchoqlar).
E`tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, mustaqillikka o`rgatish.
Syujetli-rolli o`yin va Drama markazi «Yangi yil archasini tayyorlaymiz» Maqsad: Yangi yil bayrami haqida tasavvur hosil qilish, diqqat, nutq, mayda motorikani, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, lug`at boyligi faollashtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: sun`iy archa, archa o`yinchoqlari solingan quti, turli materiallar solingan quti (tasmalar, rangli qog`oz, fantiklar folga).
Faoliyatning borishi: Sun`iy archa va o`yinchoqli qutini tomosha qilish.
Bolalar archani bezash uchun buyumlarni tanlaydi.
Bolalar archani bezaydi.
Qo`shimcha qism: archa atrofida qo`l ushlashib aylanish.