E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib harakatlanishni, umumiy natijaga erishishni tarbiyalash.
Til va nutq markazi «Rasmlarni mazmuniga ko`ra qo`yib chiq» Maqsad: suhbatlashishga oid nutqi rivojlantirish, buyumlarning alomatlariga asoslanib, mazmunli liniyalarni yarata olishga o`rgatish.
Kerakli Jihoz va materiallar: syujetli rasmlar, rasm syujeti bo`yicha turli buyumlar tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi: Syujetli rasmlarni tomosha qilish.
Mazumniga ko`ra rasm syujetiga mos bo`lgan kartochkalarni tanlash.
Kartochkalarni almashtirish, 3 tadan kartochka olish.
Rasmda tasvirlangan so`zlardan foydalanib, gap tuzish.
Qo`shimcha qism:tarbiyachi bolalarga jamoa bo`lib, 3-5 kartochka asosida hikoya yoki ertak tuzishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: ko`rgazmali-obrazli va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
San`at markazi «Qog`ozdan Yangi yil archasini yasash» Maqsad: buyumni (archani) shaklini kesib chiqish va tuzishni mashq qilish, qo`llar motorikasini rivojlantirish, tasavvurdan foydalanish.
Kerakli Jihoz va materiallar:yashil rangli qog`ozlar, tayanch uchun qalin qog`oz, yelim, qaychi, salfetkalar, tayyor namuna, ish bosqichlari ko`rsatilgan xarita.
Faoliyatning borishi: 1. Archaning tayyor namunasini tomosha qilish.
2. Ish bosqichlari bilan tanishish.
Bolalarning ishlari.
Qo`shimcha qism: bolalarga archani qor uchqunlari va yaltiroq qog`ozlar bilan bezashni taklif qilish.
E`tiborga molik jihati: turli materiallardan o`yinchoq yasashga o`rgatish; markazda o`z ortidan yig`ishtirishni o`rgatish.
Sa`nat markazi Loy mashg`uloti «Qorbobo va qorqiz « Maqsad: Bir bo`lak loydan odam tana a`zolarini to`g`ri yasashmalakalarnini shakllantirish.