O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə44/182
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152388
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: Bolalar o`yin faoliyati orqali svetofor bo`lmagan joylarda «havfsizlik orollaridan» foydalanib harakatni va yo`lni boshqarishni (regulirovka qilishni) mashq qiladilar.
E`tiborga molik jihati:

  1. Bolalarning milisioner bilan muloqot qilish ko`nikmasini shakllanishi;

  2. Yo`l belgilariga e`tiborli bo`lishni rivojlantirish;

  3. Hayot havfsizligi saboqlari.

Til va nutq markazi
«Avtomaktab»
Maqsad: avtomaktab qanday tuzilishga ega ekanligini, uning vazifalarini biladi. Lug`at boyligini yangi so`zlar bilan boyitadi va ichki nutqni faollashtiradi, qayta so`zlab berish vaqtida bog`langan nutqni rivojlantiradi, vaqt va fazoda mo`ljal olishni biladi, mardlik, chaqqonlik va do`stiga yordam berish ko`nikmalari shakllanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ikki sahifali karton: chap sahifasida turli yo`lda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan vaziyatlar yopishtirilgan, o`ng sahifasida esa qoidalar chizilgan.
Faoliyatning olib borilishi:

  1. Turli yo`lda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan vaziyatlar tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish;

  2. Rasmlarda tasvirlangan vaziyatlarni tushuntirish;

  3. Piyodalar, svetofor yonidagi bolalarning harakatlarini baholash, kerakli yo`l belgilarining muhimligini tushuntirish.

Qo`shimcha qism: O`yinni o`ynash uchun tarbiyachi maket yasashi mumkin.(qalin karton, unda muassasa avto maydonchani applikasiyasi bayyorlangan, mashinalar yuradigan keng ko`cha qismi, trotuarlar, o`yin maydonchalar, yo`l belgilari chiziqlari chizilgan bo`ladi) Ushbu maket bilan bolalar yil davomida: yo`l belgilarini qo`yib chiqadilar, yuz berishi mumkin bo`lgan yo`ldagi vaziyatlarni modellashtiradilar va ularning yechimini topadilar. Turli vazifalarni bajaradilar: masalan, piyodaga chorrahadan o`tishga yordam ber, qoida buzuvchini aniqla, piyoda o`yinchoqlarni havfsiz yo`nalishga qo`yib chiq va x.k.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin