E`tiborga molik jihati: odamlarning kasbiga hurmat tuyg`usini tarbiyalash, o`yin paytida bolalarning ijodiy mustaqilligini qo`llab-quvvatlash.
San`at markazi
Konstruksiyalash, «Do`ppi» applikasiyasi.
Maqsad: qog`oz bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish, kesib chiqish usullaridan foydalanish, do`ppida naqshlarni chiroyli joylashtirishni o`rgatish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, yelim, salfetkalar, rangli qog`oz, do`ppining tayyor namunasi, konstruksiyalash bosqichlariga oid kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
Haqiqiy do`ppi va tayyor namunani ko`rib chiqish.
Qog`ozdan do`ppi yasashni konstruksiyalash bosqichi bilan tanishish.
Naqshni kesib chiqish usullari bilan tanishish.
Do`ppi yasash.
Bolalarning ijodiy ishi, do`ppini bezash.
Qo`shimcha qism: O`zbekistonning turli hududlariga xos do`ppilarni tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: qaychi bilan to`g`ri ishlash ko`nikmalarini mustahkamlash, qo`lning mayda motirikasini rivojlantirish.
Til va nutq markazi
O`zbek milliy libosni ko`rib chiqish va ta`riflash.
Maqsad: milliy o`zbek libosi haqida tushunchani shakllantirish;(do`ppi, chopon, atlas, adras, beqasam).
Kerakli Jihoz va materiallar: qo`g`irchoqlar uchun milliy o`zbek libosi, qiz bola qo`g`irchoq, o`g`il bola qo`g`irchoq, sandiq, mavzuga oid kartochkalar, milliy o`zbek libosiga illstrasiyalar.
Faoliyatning borishi:
Milliy o`zbek libosi namoyishi illyustrasiyasini tomosha qilish.
Sandiq ichidagilarni ko`rib chiqish (chopon, atlas ko`ylak, milliy ro`mol, salla, beqasam, adrasdan kamzul, do`ppi, yaxak).
Qiz bola uchun kiyim, o`g`il bola uchun kiyimni tasniflash.
Bolalar qiz bola va o`g`il bola qo`g`irchoqni yasantiradi.
O`zbek milliy musiqasini tinglash, qo`g`irchoqlar bilan o`ynash.
Dostları ilə paylaş: |