Faoliyatning borishi: Qa`la rasmi tasvirlangan surat va foto rasmlarni ko`rish..
Qa`la rasmini chizishni rejalashtirish.
Qurish yasash.
Qa`lani ta`riflash.
Qo`shimcha qism: Qa`laga nom berish. Qa`la surati fonida bolalarni rasmga tushurish.
E`tiborga molik jihati: ijodiy tasvirlashnirivojlantirishjamoa ishida vazifalarni bo`lib olish malakalarini o`stirish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi Ertak asosida dramalashtirilgan o`yin «O`n ikki oy» Maqsad: «O`n ikki oy» ertagi asosida sahnalashtirilgan o`yinini, qahramonlarning fe`l-atvorini tushunish, kompozisiyaning asosiy xususiyatlarini ilg`ab olish.
Kerakli Jihoz va materiallar: o`n ikki oyning o`ziga xos bo`lgan kiyimi; sun`iy archalar; o`rmonni aks ettiruvchi yo`laklar va ochiq maydon, gulxan (bolalarbop); ertak mazmuni aks etgan suratlar; savatcha va boychechak.
Faoliyatni olib borilishi: Ertak asosidagi suratlar mazmuni bilan tanishtirish. Necha oy va ularning nomlarini so`rash.
Dramalashtirilgan o`yin uchun syujet tanlash.
Rollarni taqsimlash.
Ertak dramasining tahlil qilish.
Qo`shimcha qism:«O`n ikki oy» multfilmini ko`rsatish.
E`tiborga molik jihati: O`yin orqali ezgulik va yomonlikni, do`stona munosabatlar, hamkorlikni tushunish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi Dramalashtirilgan o`yin. «Qishki olimpiada o`yinlari» Maqsad: zamonaviy olimpiyadao`yinlari haqida tasavvurga ega bo`lish, umuminsoniy madaniyatning bir qismi sifatida ekanligini bilish, har xil sport turlariga qiziqish uyg`otish.
Kerakli Jihoz va materiallar:qishki olimpiada o`yinlariga xos bo`lgan jihozlar, sport kiyimlari (bosh himoya kiyimi va h.k.) O`zbekiston va olimpiada bayroqlari, mavzuga mos bo`lgan suratlar.