5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari 26. Quyidagilar Vazirlikning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Vazirlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq maktabgacha ta’lim sohasida prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang. 5) maktabgacha ta’lim masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
(26-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son) 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
8) maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqib Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
10) maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
11) maktabgacha ta’lim tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang. 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
(26-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)