2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi 20. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha materiallar va ma’lumotlarni Vazirlikning hududiy bo‘linmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlaridan so‘rash va olish;
Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan maktabgacha ta’lim masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan o‘zlari tomonidan kiritilgan maktabgacha ta’lim bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
maktabgacha ta’lim sohasida davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘rganish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega.
Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
21. Vazirlikning markaziy apparati:
hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang. Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan maktabgacha ta’lim sohasidagi buyruqlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi;
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son) maktabgacha ta’limni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining huquqlari va javobgarligi 22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
maktabgacha ta’lim sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini o‘rganish;
maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang. bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo‘yicha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlikning hududiy organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash;
Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida maktabgacha ta’lim sohasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.