O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə32/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- T harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?
- Bo‘g‘inlardan qaysi so‘zlarni tuzdik?


Mavzu: Ss harf-tovushi bilan tanishtirish


Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Ss harf-tovushi bilan tanishadilar;
- S tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- S tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh S va kichik s harflari S tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, S tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Hammamiz birga harakatlanamiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Hammamiz birga harakatlanamiz”
Bolalar diqqatini jamlash maqsadida tarbiyachi bolalardan doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi va “Hammamiz birga harakatlanamiz”,- deydi.
Assalom
Har kun tongda turaman,
Dildan yayrab yuraman.
Yayrab desam assalom,
Zavq olaman bir olam.
Salom so‘zi muqaddas,
Salom o‘zi muqaddas.
Tog‘a, xola, ammaga,
Salom-deyman hammaga.
Hamma dildan salom der
Rahmat derman bolam der.
Tarbiyachi: Bolajonlar ertalab uyqudan turgandan so‘ng oila a'zolarimizga, kun davomida kattalarni ko‘rganda albatta salom berish bu odobdandir.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin