Amaliy masq.
Tarbiyachi B undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (bo’-ri, ba-liq, bi-no, bol-ta, be-shik, baq-la-jon, ru-bob, qur-ba-qa, dor-boz, kitob, lab) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda B undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Bkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.B harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. B harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Rasm nomlaridan B harfini toping. Rasmni mos harf bilan birlashtiring.
4. Rasmga qarab gaplar tuzing.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- B harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?
-Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Mavzu: Yy harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Yy harf-tovushi bilan tanishadilar;
- Y tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- Y tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- kattalarga salom berishga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh Y va kichik y harflari Y tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, Y tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar, rasmli rebuslar.
Dostları ilə paylaş: |