Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.“L” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.Rasmlarni nomlang. So’zlarni bog’inlarga bo’ling. L harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- L harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?
-Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Bb harf-tovushi bilan tanishadilar;
- B tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- B tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh B va kichik “b” harflari Btovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, B tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar, har bir bolaga yetarli rangli iplar yoki sho‘r xamir, bo‘g‘inli kubiklar: (bo, ba, bi, bu, no, ab, ib, ob)
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Dostları ilə paylaş: |