Quvnoq daqiqa “Samolyot” o‘yini Tarbiyachi: Bolalar, hammamiz o‘rnimizdan turamiz. Hozir samolyot o‘yinini o‘ynaymiz. Hammamiz samalyotning motorini “R”- “R”- “R” deb talaffuz etamiz. Va qo‘llarimiz bilan matorning harakatini ko‘rsatamiz. Matorni yurgazdik va samolyot baland- baland uchib ketdi: “L”-“L”-“L” deb bolalar qo‘llarini qanot qilib xona bo‘ylab uchib yuradilar.
Amaliy ish. Tarbiyachi bolalarga katta bosma R harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta R harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga R harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Bir qo‘lni belga qo‘yib,
Bir oyoqni tiragin,
“R” ga o‘xshab qolding sen
Bir oynaga qaragin.
Amaliy masq. Tarbiyachi R undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (rom, a-ri, ar-ra, Bo-tir, ru-bob, ra-ke-ta, tur-na, bo‘-ri) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda R undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Rkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash. Topshiriqlar:
1.“R” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.Krosvord echish. Berilgan rasmlarning nomlaridagi harflarni mos katakga joylashtiring. Hosil bo’lgan so’zni o’qing. Yashiringan so’zni top.
3. Bo’g’inlarni birlashtirib o‘qi.
Mavzu Pp harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad: - undosh harflar guruhiga kiruvchi Pp harf-tovushi bilan tanishadilar;
- P tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- P tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.