O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə52/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh “O‘” va kichik “o‘” harflari O‘ tovushi bor suratlar. Unli tovush belgisi bor kubik, O‘ tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Bolajonlar, bormisiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa



Muzyorar mashq: “Bolajonlar, bormisiz”
Tarbiyachi: Bolajonlar, barchangiz bormisiz
Mashg‘ulot uchun tayyormisiz.
Bolalar: Mana bizlar hamamiz,
Zukko o‘g‘il qizlarmiz.
Mashg‘ulotga tayyormiz
So‘ngra tarbiyachi bolalardan o‘z joylarini egallab olishlarini so‘raydi.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa

“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda O‘ tovushi bor o‘rdak rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi O‘ tovushini cho`zib (o‘-o‘-o‘-o‘r-dak) so`zini aytadi va qaysi tovushga cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.


Tarbiyachi O‘ tovushini talaffuzini tushuntiradi.
Tarbiyachiga eslatma.

O`tovushini talaffuzidalablar oldinga naychaga o‘xshab chiqqan, tishlar birlashmagan bo‘ladi, va ular lablar bilan bekitiladi, tilning orqa qismi yumshoq tanglaygacha ko‘tarilgan, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz orqali o‘tadi, tovush boylamlari birikib va tebranib ovoz hosil bo‘ladi.



Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda “O‘” tovushini xo‘r bo‘lib aytadilar. “O‘” tovushi unli tovush ekanligi, u og‘izda to‘siqqa uchramayotganini, qancha cho‘zsa cho‘zilishi aytib mashq qilinadi.


Tarbiyalanuvchilar O‘ tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. O‘ tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng O‘ harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda O‘ harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin