So`rovnomada berilgan savollarga tanlagan javoblaringizni ruchka bilan belgilang yoki bo`sh qoldirilgan joyga o`z fikringizni yozib qo`ying!
1. Siz qiziqib o`qiydigan va siz uchun zerikarli bo`lgan fanlarni yozing (bir necha fanlarni yozish mumkin) Qiziqarli ______________________________________________________________________
Zerikarli ______________________________________________________________________
*Bu katakni o`zingizga bog`liq narsalar bilan to`ldiring
4. Dars tayyorlash vaqtida kimlar sizga yordam beradi? Ota-onam Akam yoki onam
Qo`shni sinfdoshim Yolg`iz o`zim dars tayyorlayman.
5. Uyingizda taxminan nechta kitob mavjud (jurnal, gazeta va darsliklardan tashqari)? 0-10 kitob 11-20 kitob 21 – va undan ko`p
6. Maktabingizda qaysi fanlardan qo`shimcha darslar (mashg’ulot) olib boriladi? ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________
7. Maktabda olgan bilimlaringiz quyidagi qaysi ishlarni amalga oshirishingizga imkon beradi? Quyidagi fikrlarga munosabatingizni bildiring. Siz ma’qullagan fikrga “+” belgisini qo`ying!
Fikrlar
Umuman qo`shilmayman
Qisman qo`shilmayman
Qisman qo`shilaman
To`liq qo`shilaman
Maktab meni kelajakda o`qish va ishlash uchun kerak bo`ladigan barcha narsalarga o`rgatdi.
Maktab meni turli kasbdagi, turli xarakterdagi insonlar bilan muloqot qilishga o`rgatdi.
Maktab meni turli qiyinchiliklarni yengishga hamda murakkab vaziyatlarni tinch yo`l bilan hal qilishga o`rgatdi.
Maktab menga o`z vaqtimni to`g`ri rejalashtirishni o`rgatdi.
Maktab menga o`z qiziqishlarimni aniqlashga yordam berdi.
Maktab mening o`z iqtidor va qobiliyatlarimni rivojlantirishga yordam bermoqda.
Maktabdan ko`ra repititorga borib ko`proq bilim olayapman.
Maktabdagi fan o`qituvchilarimiz darsdan keyingi qo`shimcha (pullik) darslarga qatnashishimiz uchun dars vaqtida yaxshi bilim bermayapti.
Maktab meni hayotga tayyorlash uchun kam yordam bermoqda.
Maktabda o`tkazgan vaqtimni bekorga ketkazayotgan vaqt deb hisoblayman.
8. Kelajakda yaxshi kasb egasi hamda uddaburon bo`lishi uchun bugun nimalar qilish kerak deb o`ylaysiz?
№
Bajaradigan ish
Ha
Yo`q
1
Kerakli kasblarni diqqat bilan kuzatish kerak?
2
Kelajakda qayerga kirib o`qishni belgilab olish kerak?
3
O`zining tanlagan kasbi bo`yicha o`rganishni yaxshilab rejalashtirish kerak?
4
Foydali tanishlar orttirib borish kerak?
9. Quyidagi qaysi ishlarni mustaqil ravishda o`zingiz sifatli bajara olsangiz “Ha”, mustaqil holda o`zingiz bajara olmasangiz “Yo`q” deb javob bering !
Amalga oshiriladigan ishlar
“YO`Q”
“HA”
Men mustaqil ravishda katta hajmdagi materiallar bilan ishlay olaman. Ularni tahlil qilib, xulosalar chiqara olaman, men buni dars vaqtida sinfdoshlarimga va ustozimga namoyish etganman.
Men mustaqil ravishda o`qituvchimdan eshitgan eng asosiy yangiliklarni zarur bo`lganda o`zim uchun daftarimga qayd qilib bora olaman.
Men mustaqil ravishda fanlarni o`rgatuvchi komp`yuter dasturlari, o`quv fil`mlari, elektron darsliklar, mul`timedia vositalaridan foydalana olaman.
Men mustaqil ravishda ijodiy ishlar tayyorlab ularni himoya qila olaman.
Men hududimizdagi litsey va kasb-hunar kollejlari va ularning yo`nalishlari to`g`risida to`liq ma’lumotga egaman
Men mustaqil ravishda o`z faoliyatimni rejalashtirib, amalga oshira olaman.
Men har bir hatti-harakatim va aytgan gapim uchun javobgarlikni his qilaman va mas’uliyatni zimmamga olishga tayyorman.
Men o`rganayotgan chet tilimda sinfdoshlarim bilan muloqot qila olaman va buni amaliyotda isbotlaganman.
10. Maktabingizda fizika, kimyo, biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini bajarasizmi? Shu kunga qadar qaysi biridan nechta laboratoriya ishlarini bajardingiz? Kimyo ______ Biologiya _____ Fizika _____
11. Maktabingizda qaysi darslarda kompyuter, videoproektor va televizordan foydalaniladi? ______________________________________________________________________
12. Maktabingizda xorijiy tillarni o`rganish uchun qanday sharoitlar mavjud? ______________________________________________________________________
____________________________________________________________________
13. Xorijiy tillarni o`rganish maqsadida qanday qo`shimcha mashg`ulotlar o`tkaziladi? ______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
14. Maktabingizda darslar qiziqarli tashkil etish uchun yana nimalar qilish kerak deb o`ylaysiz? ______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
15. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan yoki mobil aloqa vositalarining qaysi birlarida mustaqil ishlay olasiz? Nomlarini yozing. ______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
16. Zamonaviy AKT va mobil vositalaridan qanday maqsadlarda foydalanasiz? ______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
17. Internetning qaysi xizmatlari, saytlari va resurslaridan bilimingizni oshirish uchun foydalanasiz? (nomlarini yozing)
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
18.O`qituvchingiz uyga vazifa berganda darslikdan tashqari qaysi qo`shimcha manbalardan foydalanasiz? ________________________________________________________________________
______________________________________________________________________
19. Sinfdoshlaringiz orasida sardor bo`lishni xohlaysizmi? Buning uchun qanday xislatlarga ega bo`lish kerak deb o`ylaysiz? (izohlab bering)
________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
20. Tengdoshlaringizning kiyinish va nutq madaniyati haqidagi fikrlaringiz? _________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
21. Bozorda birinchi sotuvchi 3 kg kartoshkani 5400 so`mga, ikkinchi sotuvchi esa 5 kg kartoshkani 8500 so`mga sotmoqda. Siz sotuvchilarning qaysi biridan kartoshka xarid qilib, pulingizni tejagan bo`lar edingiz? (sababini yozing)
_________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
22. Siz maktabga ketayotganingizda yo`lingizdan suv trubasining yorilib, suv otilib chiqayotganini ko`rdingiz. Bu vaziyatda siz qanday yo`l tutgan bo`lardingiz? _________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
23.Maktabda dars jarayonida o`tilgan mavzularning barchasi Sizga tushunarlimi? Ha Yoq Javob berishga qiynalaman
24. O`qituvchi tushuntirgan mavzularni har doim ham to`liq tushunasizmi? Doim Ko`p hollarda Ayrim hollarda
Hech qachon Javob berishga qiynalaman
25. O`tilgan mavzu bo`yicha ba’zi joylarini tushunmay qolsangiz, kimdan yordam so`raysiz? O`z o`qituvchimdan
Maktabdagi boshqa o`qituvchidan
O`zim o`qib tushunishga harakat qilaman
Ota-onamdan
Do`stlarim va sinfdoshlarimdan
tushunishga harakat qilmayman
Ushbu savollarga samimiy javob berganingiz uchun oldindan o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz!