O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə48/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh “R” va kichik “r” harflari “R” tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, “R” tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Men nimani yaxshi ko‘raman”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: ta’limiy o‘yin “Rasmni joyiga qo‘y”, “So‘zni top”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuz” o‘yini.
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa



Muzyorar mashq: “Men nimani yaxshi ko‘raman”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi. Bolalar bir-birlariga nimani yaxshi ko‘rishlarini aytadilar. (men rasm chizishni yaxshi ko‘raman, men raqsga tushishni yaxshi ko‘raman, musiqa tinglashni yaxshi ko‘raman, men she'r yodlashni yaxshi ko‘raman, men ertaklarni aytib berishni yaxshi ko‘raman.....).

  1. Asosiy qism: 20 daqiqa

“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda R tovushi bor randa rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi R tovushini takrorlab (r-r-r-ran-da) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyachi R tovushini talaffuzini tushuntiradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Rtovushini talaffuzidalablar sal ochiq, harakatsiz bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, ammo tegmagan, til uchi alveolalarga ko‘tariladi va titraydi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, havo oqimi esa og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan, tebranib tovush hosil bo‘ladi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga R undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, R tovushining talaffuzini o‘rgatadi.R tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng R harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda R harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.


R harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga R kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin