O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə47/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Quvnoq daqiqa
Nima qanday qichqiradi?” o‘yini
O‘yinning borishi: tarbiyachi bolalarga murojaat qiladi: tasavvur qiling biz sayrda yuribmiz. Chumchuqlarning uzum cho‘qishyapganlarini ko‘rib qoldik. Chumchuqlarni qanday haydaymiz (“Kish-kish”). Sayrda yurib kakku qushi sayraganini eshitib qoldik. Kakku qanday sayraydi?(“Kak-ku”, “kak-ku”)
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma K harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta K harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga K harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.

Bir qo‘lini ko‘tarib,


Oyog‘in kerib turar,
-Kimsan o‘zing?-deb so‘rasak
K” bo‘laman-deb aytar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi K undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (kitob,kap-tar, kak-ku,ka-mon, ka-lit, ki-yik, ka-lit) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda K undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Kkesma harfni baland ko‘taradilar.


Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.“K” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.Berilgan sifatga mos rasmlarni birlashtirihg.(Tarbiyachi sifatlarni o’qib brradi).
3. So‘zlardan foydalanib rasmga qarab kichik hikoya tuzing.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- K harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)


Mavzu:Rr harf-tovushi bilan tanishtirish.


Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Rr harf-tovushi bilan tanishadilar;
- R tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
-R tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- bolalarning kelajakda o’z oldiga maqsadqo‘yish qobiliyati shakllantiriladi;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin