Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.“D” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “D” harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish: Doniyor dutor chaldi.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- D harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Qanday so‘zlarni tuzdik?
- Qanday gaplarni tuzdik?
Mavzu: Ee harf-tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
Maqsad:tarbiyalanuvchilar –
- unli harflar guruhiga kiruvchi E e harf-tovushi bilan tanishadilar;
-“E” tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
-“E” tovushini so‘zning boshida, o’rtasida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar, rasmli alifbo, rangli qalam, kitob maketi, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, unli tovush belgisi bor kubik, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, ruchka yoki flomasterlar.
Mashg‘ulot metodi: Muzyorar mashqi: “Nima qilish kerakligini o`ylab top”
analiz-sintez, suhbat, AKT, nafas mashqi, ta’limiy o‘yin “Ortiqchasini top”, “Zanjir”, amaliy ish.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Nima qilish kerakligini o`ylab top?”
Bolalar yarim doira shaklida turadilar yoki o`tiradilar. Har bir bolaning qo’lida 2 tadan bayroqcha bo’ladi. Tarbiyachi doirani baland chalganda bolalar qo`llarini baland ko`tarib, bayroqchalarni hilpillatadilar. Tarbiyachi doirani past chalganda bolalar bayroqchani pastga tushirishadi. Bolalar harakatlarni to’g`ri bajarayotganini kuzatish kerak.
Dostları ilə paylaş: |