O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə80/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Hammamiz birga harakatlanamiz”
Bolalar diqqatini jamlash maqsadida tarbiyachi bolalardan doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi va bolalarga murojaat qilib “Hammamiz birga harakatlanamiz”, - deydi.

Baliq bo‘lib suzamiz,


Qushlar bo‘lib uchamiz.
Chiroyli o‘tiramiz,
Mashg‘ulotni boshlaymiz.

Bolalar joylariga o‘tiradilar.


2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda X tovushi bor xo‘roz rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi X tovushini takrorlab (x-x-x-xo‘-roz) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiX tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Xtovushini talaffuzidalablar bir oz ochiq, harakatsiz bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan bo‘ladi, ammo birikmaydi, X tovushini unli “a”, “i”, “u” tovushlari bilan birikkan holda talaffuz etilganida, tilning uchi pastga tushgan va bir oz itarilagan, til kuragining orqa qismiyumshoq tanglayga yaqinlashgan bo‘lib, tor bo‘shliq hosil bo‘ladi va u bo‘shliq orqali havo o‘tadi X tovushi “ya”, “ye”,”yo”, “yu” unli tovushlar birikmasi bilan talaffuz etilganda,til uchi pastga tushgan bo‘lib,pastki kurak tishlar asosiga tegib turadi va bo‘shliq hosil qiladi. Bu bo‘shliq (tirqish) orqali o‘pkadan kelayotgan havo o‘tadi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgaan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi. Buning natijasida havo oqimi og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari ochiq, tovushjaranglamaydi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga X undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, X tovushining talaffuzini o‘rgatadi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Xtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. X tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng X harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda X harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
X harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga X kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
Tarbiyachi:Bolajonlar, endi hammamiz o‘rnimizdan turamiz va doira bo‘lib turib olamiz. Qo‘llarimizni isitamiz: unga piflaymiz: ”x-x-x”, kaftlarimizni bir- biriga ishqaymiz, tezlashtiramiz. Turgan joyimizda 5gacha sanab sakraymiz.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma X harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta X harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga X harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Tegirmonning charxiga
“X”harfi o‘xshab ketar,
“H”yumshoqroq aytilsa
“X”-qattiqman, deb aytar.


Amaliy masq.
Tarbiyachi X undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (xat, xo’-roz, xa-bar, pax-ta, tax-ta, gul-xan, Jiz-zax, shox) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda X undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa X harfni baland ko‘taradilar.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin