Qurish yasash markazi: qadimiy minora yoki uyni legodan yoki mozaykadan yasash.
Tarbiyachi: bolajonlar Vatan ostonadan boshlanadi. Har birimizning ostonamiz, uyimizdadir. Uyimiz ham bizning kichik Vatanimiz hisoblanadi. Kelinglar bu legolardan xoxlasak uy, xoxlasak esa namunadagidek minora yasaymiz. Munorani yoki uyni qurishda uning mustahkamligigiga e’tibor bering.
Til va nutq markazi:Suratlar asosida hikoya tizish.
Tarbiyachi: Bolajonlar mana bu suratlarni diqqat bilan tomosha qilamiz. U yerda nimalarni ko’rayotganligingiz haqida kichik hikoya tuzishni o’rganamiz. Avval sizlarga o’zim hikoya tuzib beraman.
Namuna: Mana bu suratda Registon maydoni tasvirlangan. Registon maydoni Sanarqand viloyatida joylashgan. Rustam va Madina oilasi bilan Registonni ziyorat qilishyapdi. Madina har bir narsani qiziqib tomosha qilyapdi. Rustam bilan Madina ziyoratdan juda ko’p ma’lumotga ega bo’lib qaytishdi.
San’at markazi:Qadimiy shaharlar rasmini qalam va buyoqda chizish.
Tarbiyachi: bolajonlar sizlar rasm chizishni yaxshi ko’rasiz to’g’rimi? Kelinglar mana bu namunadagi suratlarni diqqat bilan tomoshaqilamiz. O’rganamiz, keyin esa o’zimizga yoqqanini qalam yoki buyoqda chizamiz.
Bolalar markazlarga yo’naltirilgan vaqtda Samarqand qo’shig’i mayin ovozda qo’yiladi.
Syujetli rolli o‘yin markazi:Bolalar bilan ziyoratga borgan oila o’yini o’ynaladi.
O’yin : Qanotlar. Maqsad: Bolalar o’zini nomoyon qilishga yordam beradi. Mavzu yakunlanib olinadi. Bolalar ko’zlarini yumadilar va qo’llarini qanotlardek qoqadilar. Boshlovchi bolalardan qanotlari borligini va ucha olishlari mumkinligini tasavvur qilib, qadimiy shaharlardan biriga sayohat uyushtirishlarini so’raydi. Ular kim bilan qayerga uchadilar nimalarni ko’radilar, ko’zari yumuq holda tasavvur qilishadi. So’ngra ko’zlarini ochib, guruhga o’zlarining fantaziyalarini so’zlab beradilar.
Tarbiyachi faoliyat davomida bolalarni rag’batlantirib boradi.