Bolalar: Kun tartibiga rioya qilgan kishining kayfiyati chog’ va sog’lom bo’ladi.
Tarbiyachi: Siz kun tartibiga rioya qilasizmi? Siz kunni nimadan boshlaysiz?
(bolalarning javoblari).
Tarbiyachi: Bolalar, diqqat bilan eshting. Biz kunni ertalabki badantarbiyadan boshlaymiz. Ertalabki badantarbiya orqali siz muskullaringizni mustaxkamlaysiz, organizimingizni chiniqtirasiz.
Ijodiy ish: Bolalar mashg’ulotga tayyorgarlik davrida uylaridan qo’g’irchoq olib kelishlari vazifa qilib berilgan edi. Har bir bolaning qo’lida qo’g’irchoq.
Tarbiyachi: Bolalar qo’g’irchoklarga qarang, qo’g’irchoqning gavda qismlari qanday berilgan savoli orqali bilimlarini mustaxkamlash. (tarbiyachi katta qo’g’irchoqni ko’rsatadi).
Bolalarga qo’g’irchoqni boshi va yuzlarini ko’rib chiqish vazifasi beriladi. Ularni nimalardan tashkil topganligini (sochlar, quloqlar, ko’zlar, qoshlar, burun, og’iz) bolalardan so’raladi. Bolalar ko’zdan kechirib berilgan savollarga javob beradilar.
Tarbiyachi gavda to’g’risida topishmoqlar aytadi. Bolalar javob bermasdan o’z qo’g’richoqlarida topishmoqning javobini ko’rsatadilar, bir tarbiyalanuvchi esa, tayoqcha yordamida mos keladigan suratni jadvaldan ko’rsatadilar.
Topishmoq
1. Dumaloq cho’lga mayda tol ekdim. (Sochlar)
2. Bir otada besh o’g’il. (Qo’l va barmoqlar)
3. Jar yoqalab tosh qo’ydim, jiyronchani bo’sh qo’ydim. (tish, til)
So’ng bolalarga maqollar aytiladi, ular nimani anglatishini bolalardan so’rash.
Tarbiyachi: 1. «Sog’lom tanda - sog’ aql» Tushuntirib berish va savollar orqali bolalar bilimini mustaxkamlash. Bu nimani anglatadi? Siz buni qanday tushunasiz?
2. «Sog’liqni sotib olomaysan»
Bolalar biz salomatlik, ozodagarchilik, odam tanasi haqida qanday ertak va she’rlarni bilasiz?
B olalar javobi: Tarbiyachi: Salomat bo’lishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Tana va kiyimlarni toza tutilishi-salomatlik garovi. Tanamizni toza bo’lishi uchun nimalar kerak? (sochiq, sovun, qaychi, tish yuvish vositasi)
Bolalardan qanday qilib tishni tozalashni, sovun bilan qo’llarni yuvishni, sochni tarab yurishni, dastro’mol bilan artishni ko’rsatib berishni bolalardan so’rash, bolalarni javoblarini to’ldirish.
So’ngra bolalarga toza bo’lib yurmasalar, gigiena qoidalariga rioya qilmasalar bolalarda turli xil yuqumli kasalliklar bo’lishi mumkunligi haqida aytib, gapirib, sariq, sil kasalliklari to’g’risida so’zlab berish.
Bolalarga bosh surati tasvirlangan suratni ko’rsatadi va bolalarga savollar bilan murojaat qiladi.
Tarbiyachi: Bolalar bu nimaga o’xshaydi. (yuzga)
Bu yuz ekanligini qayerdan bildingiz?
Unda nimalar tasvirlangan (sochlar)
Siz ularni nima uchun kerakligini bilasizmi?
(Ko’rish, hid bilish, eshtish uchun)
Bolalar bosh va ko’z qismlarini ko’rsatib bering.
Nimalarni ko’ryabsiz? Ko’zimiz bilan (ko’z rasmi chiziladi)
Nima bilan eshtamiz? (quloq rasmi eshtiladi)
Nima yordamida gapiramiz, ovqatlanamiz? (og’iz va lablar)
Nima bilan hidlarni hidlaymiz, sezamiz (burun)
Nima uchun ter ko’zlarimizga tushmaydi? (qoshlar bor)
Bolalar mana yuzimizni kiyintirib oldik. Biz sizlar bilan sexrgarlarmiz. Siz endi odam organizmi, salomatligi va gigienasi haqida bilib oldingiz.