Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
ASOSIY QISM.
Tarbiya jarayoni haqida.
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi.
Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o‘zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o‘zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o‘tishi, uni yangi avlod tomonidan o‘zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo‘naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan jarayondir.
Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o‘rnini to‘ldirish, shakllantirishdir, deydi.
Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug‘ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.
Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg‘usi”).
Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g‘amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi.
Odamga ish-hunar o‘rgatish va umuman shaxsning g‘oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi.
Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va qo‘llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o‘z o‘rnida to‘g‘ridir.
Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o‘z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o‘zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu.
Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv va sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.
Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi:
a) o‘quvchi – talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo‘qotish
maqsadida rejalashtiriladi:
b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo‘qotish uchun xizmat qiluvchi manbaalar
izlab topiladi:
v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy
manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi:
Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi.
Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat.
Tarbiyaning vazifalari keng va ko‘p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish bo‘lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko‘nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.
Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi samaralar beradi. Tarbiya ta‘limga nosbatdan ustivor bo‘lishi kerak.
Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo‘lish degani shaxs tarbiyalandi, degani emas. Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz, ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo‘lishi mumkin.
“Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir A.N.Farobiy. Xalqimiz ham “Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin”, maqolini bekorga yaratmagan.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega.
Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir. XVIII asrda yashagan frantsuz ma‘rifatparvari K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon ekanligi haqida gapirib bunday degan edi: Men hali ham o‘rganishni davom ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani yo‘q. Qachon u tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo‘lib qolganimda; o‘limimdan keyin tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir.
- tarbiya jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir:
- tarbiya jarayoni dialektik xususiyatga ega:
- tarbiya natijalarining bir xil bo‘lmasligi:
- tarbiyaning komleks ya‘ni yaxlit xususiyaiga ega ekanligi.
Oila, turli jamoa tashkilotlari, fan-texnika, adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie va boshqalar ham tarbiyaga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.
Tarbiya jarayonida shaxsning turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy aqliy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustakamlanadi.
Tarbiya-O‘zbekiston mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlanishida, jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotida, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishda xal qiluvchi qudratli omildir.
Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularda milliy ong, g‘ururni shakllantirishdir.
Hozirig kunda tarbiya jarayonida yoshlarda o‘zbek xalqiga xos ma‘naviy-axloqiy sifatlarni ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash, Vatanga muhabbat, unga fidoyilik, vatanparvarlik, boshqa millat kishilariga hurmat, insonparvarlik, mehr-muruvvat, sharm-hayo, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik kabi fazilatlarni tarbiyalash ta‘lim maskanlari jamoalarining, o‘quvchi-murabbiylarimizning muhim vazifasidir.
Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi, deydi davlatimiz boshlig‘i I.A.Karimov. Bugungi mafkuraviy Xuruj juda xafli. Bu xuruj insonlar ongini buzuq g‘oyalar bilan zaharlashga intilmoqda. Bunday mafkuraviy xurujlardan yoshlar ongini, o‘zbekning o‘zligini asrashimiz kerak. Yoshlarga bunday buzug‘ g‘oyalar, mafkuraviy xurujlarning maqsad-mohiyatini tushuntirib berishimiz zarur.
Bu-tarbiya yo‘li bilan, mafkuraviy tarbiya yo‘li bilan amalga oshali, deydi yurtboshimiz.
Tarbiya jarayonining tuzilishi. Tarbiya jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
tarbiyaviy vazifalarni belgilash;
Uning mazmuning, shakl va metodlarini aniqlash;
O‘quvchi-talabalarini umumiy talablar, me‘yorlar bilan tanishtirish;
Ularda ilmiy dunyo qarash va e‘tiqodlarni shakllantirish;
Amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish;
O‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uni taxlil qilish ya‘ni monitoringini olib borish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |