O’zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologiya ta'lim metodikasi fanidan dars ishlanmasi mavzu: Mеtаllаrgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi


Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi



Yüklə 37,13 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü37,13 Kb.
#197645
1   2   3
dars ishlanma 2

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: Yupqa tunuka va simlar, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Metalga ishlov berish texnologiyasi, konstruktsiyalash elamantlari:
Metallarga ishlov berish asosan kesib ishlash, bosim bilan ishlash orqali amalga oshiriladi.
Bosim bilan ishlov berish metallni tashqi katta kuch yordamida plastic deformatsiyalash yo‘li bilan detal va boshqa elementlarni tayyorlash usul bosim bilan ishlov berish usuli deb ataladi. Bosim bilan ishlov berishning quyidagi usullari bor: prokatka, volochenie, presslash, kovka, hajmli va listli shtampovka (23-rasm) metallar har xil egiluvchanlikka ega. Eng egiluvchan metall qo‘rg‘oshindir. Sovuq holda bosim bilan qalay, alyuminiy, mis, rux va temirga ishlov berish mumkin. Cho‘yan, marganes va boshqa sinuvchan metallarga bosim bilan ishlov berib bo‘lmaydi. Prokatka yo‘li bilan chiqarilayotgan mahsulotlar turli profilga ega: kvadrat, olti burchak, aylana shaklida, ugolok, shveller, ikki tavrli balka, rels, qurilish armaturasi, turbina parraklari va boshqalar. Cho‘zilgan yoki presslangan zagotovkalarning ko‘ndalang qismini kichraytirish, silliqlashtirish maqsadida teshikli volokdan o‘tqazish volochenie deb ataladi. Volokli stanlar volok va tortuvchi moslamalardan iborat. Volochenie sovuq va issiq holda amalga oshiriladi, bunda albatta ishqalanishni kamaytiruvchi moddalar ishlatiladi. Presslash metallga ishlov berish turlaridan biriga kiradi. Metallni yopiq sig‘imdan maxsus matrisa kanali orqali siqib chiqarish presslash deb ataladi. Preslashda asosan rangli metallar issiq holatda ishlatiladi. Presslash gidravlik presslar yordamida olib boriladi. Shtampovka – metallga bosim bilan ishlov berish usullaridan bo‘lib, bunda mahsulotning shakli va o‘lchamlari asbobning konfiguratsiyasiga, ya’ni shtampaga bog‘liq.
Listli shtampovka yo‘li bilan yassi va hajmli mahsulotlar tayyorlanadi. U issiq va sovuq holda ishlatilishi mumkin. Shtampovka mahsulotlari juda keng bo‘lib, ular bolalar o‘ yinchog‘ idan boshlab idish tovoqqacha, samalyot detallaridan, kemalargacha qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan avtomobillarning salkam hamma detallari yasaladi. Quyish-bu usulda zagotovkalarni va mashina detallarini tayyorlashda keng tarqalgan. Bu usulni bajarish uchun bir formani ichki bo‘shliq bo‘lgan tomoni ma’lum konfiguratsiya va o‘lchamga ega bo‘lgan bo‘shliqqa eritilgan metal quyiladi. Metall qotgandan keyin formadan mahsulot olinadi va keyingi ishlov beriladi.
Ishlab chiqarishda quyish uchun bir martali qum formalari va ko‘p martali metall formalari ishlatiladi. Oddiy detallarni quyish uchun metall qoliplar ikki yoki bir nechta bo‘lakdan iborit bo‘lishi mumkin. Bunday qoliplarni maktab ustaxonasida, xavfsizlik choralarini ko‘rib, tayyorlash mumkin. Yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash Tunukadan mashina va asbob-uskunalar korpuslari, suv quvurlari va idishlar tayyorlanadi. Tunukadan buyum tayyorlovchi ustalar chilangar dab yuritiladi. Ular matall va uning qotishmalari xususiyatlarini bilishi, asbob-ukunalar hamda stanoklarni ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Metallga qo‘lda va mexanik usulda ishlov barish chilangarlik ustaxonasida amalga oshiriladi. Chilangarlik ishini bilish ishlab chiqarishning zamonaviy taxnikasini egallashdagi muhim pog‘onadir. Shuning uchun asosiy chilangarlik oparatsiyalari va mahnat usullarini o‘rganish faqat foydaligina emas, balki ishlab chiqarshidagi har bir ishchi uchun nihoyatda zarur hamdir. 5 mm dan yo‘g‘onroq simlar maxsus stanoklarda prokatlash usulida olinadi. Nisbatan ingichkaroq simlar maxsus tolalovchi stanoklarda tayyorlanadi. Bunda sim katma-kat joylashgan ingichka o‘lchamdagi tashikchalardan cho‘zish orqali olinadi. Simlar po‘lat, mis, alyuminiy kabi matallardan tayyorlanadi. Po‘lat simlardan mix, vint, shurup, parchin mix, prujina va boshqa buyumlar
tayyorlanadi. Mis va alyuminiy simlardan esa asosan elektr o‘tkazgichlar tayyorlanadi. Ko‘ndalang kasimi diamatri 8 mm gacha bo‘lgan uzun matall o‘zaklarni simlar dab ataladi.
Zavodlar odatda simlarni rulonlab ishlab chiqaradi. Kуyin ulardan kуrakli zagotovkalar o‘tkir jag‘li ombur bilan kasib olinadi (24- rasm).
Kesib olingan sim bo‘lagini ishlatishdan oldin to‘g‘rilash lozim. Simlarni to‘qmoq bilan plita ustida yoki silindrsimon po‘lat opravkalar orqali tortib to‘g‘rilash mumkin. Sim zagotovkani kerakli shaklga kaltirish uchun bukiladi, lakin uni oldin rajalash zarur. Simlarni yassi jag‘li va dumaloq jag‘li omburlar bilan bukiladi. Shuningdek, yumshoq simlarni taxtakachlar yordamida to‘g‘rilash mumkin (25-rasm). Simlar yassi jag‘li omburlar bilan qisiladi va kerakli burchak ostida bukiladi. Qiyshiq chiziq shaklidagi murakkab datallar esa dumaloq jag‘li omburlar bilan yasaladi. Halqa shaklidagi buyumlarni yasashda silindrsimon opravkalardan foydalaniladi. Odatda po‘lat, mis va alyuminiy simlari ishlab chiqariladi. Po‘lat simdan mixlar, burama mixlar, vintlar, parchin mixlar, prujina va boshqa buyumlar
tayyorlanadi. Mis va alyuminiy simlardan asosan elektr simlari yasaladi.


  1. Yüklə 37,13 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin