O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‘lim agentligi



Yüklə 3,09 Mb.
səhifə2/5
tarix23.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137213
1   2   3   4   5
Tayyorlov avgust 3-hafta O‘ynab o\'rganamiz

Faoliyatning borishi:

Faoliyatning 1-qismida bolalar tarbiyachi tushuntirgandek bir qator bo‘lib, boshlovchining ketidan zal bo‘ylab tizilishib yuradilar. Oyoq uchida yurish, so‘ngra qo‘llar belda xolda yurish va yugurish mashqlari bajariladi. Ushbu mashqlar bajarilgach, bolalarga bir qator qilib qo‘yilgan buyumlar orasidan (40 sm oraliqda) yurish, yugurish komandasi beriladi. Bolalar oyoq uchida yurganlarida tarbiyachi ular diqqatini oyoqlarning to‘g‘ri qo‘yilishiga, qadamlarning qisqa bo‘lishi, gavdani tik tutish, to‘g‘ri yurish va elkalarning rasoligiga qaratadi. Tovonlarning polga tegmasligi, qo‘llar belga qulay qo‘yilishi zarurligini eslatib boradi.



Yurish va yugurish mashqlari navbatma-navbat bajariladi. Yugurish 40-50 soniyadan ko‘p bo‘lmasligi zarur. Ushbu mashqlar bajarilgach tarbiyachining ishorasiga ko‘ra bolalar uch qator bo‘lib saf tortadilar.
Faoliyatning 2-qismida tarbiyachi bolalarga to‘p bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishni taklif etadi.
1-mashq. Dastlabki holatda oyoqlar elka kengligida qo‘yilib, to‘p o‘ng qo‘lda tutiladi. Dastlab qo‘llar yon tomonga uzatiladi, so‘ng qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, to‘p chap qo‘lga o‘tkaziladi. Qo‘llar yon tomonga tushirilgach, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashq 6-8 marta takrorlangach keyingi mashqqa o‘tiladi.
2-mashq. Dastlabki holatda oyoqlar elka kengligida qo‘yilib, to‘p o‘ng qo‘lda tutiladi. 1-2 deyilganda o‘ngga burilib, to‘pni polga uriladi va ikki qo‘llab ilib olinadi. 3-4 deyilganda dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashq chapga burilib ham bir necha marta takrorlanadi. Mashq 6-8 marta takrorlangach keyingi mashqqa o‘tiladi.
3-mashq. Dastlabki holatda oyoqlar elka kengligida qo‘yilib, to‘p o‘ng qo‘lda tutiladi. 1-2 deyilganda bolalarga oldinga engashish, to‘pni chap oyoq tagidan o‘tkazib, chap qo‘lga olish buyuriladi. 3-4 deganda rostlanib, to‘p chap qo‘lga o‘tkaziladi. Ushbu mashq ham 6-8 marta takrorlangach keyingi mashqqa o‘tiladi.
4-mashq. Dastlabki holatda oyoqlar oyoq yuzi kengligida qo‘yilib, to‘p o‘ng qo‘lda tutiladi. 1-2 deganda oyoqlarni yarim bukkan holda to‘pni polga urib so‘ng ilib olinadi. 3-4 deganda dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashq ham 6-8 marta takrorlanadi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin