O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‘lim agentligi


-mashq. Dastlabki holatda tizzalar polga tekkizilib, ..... Ushbu mashq chap tomonga ham egilib 6-8 marta bajariladi. 6-mashq



Yüklə 3,09 Mb.
səhifə3/5
tarix23.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137213
1   2   3   4   5
Tayyorlov avgust 3-hafta O‘ynab o\'rganamiz

5-mashq. Dastlabki holatda tizzalar polga tekkizilib, ..... Ushbu mashq chap tomonga ham egilib 6-8 marta bajariladi.
6-mashq. Dastlabki holatda tik turiladi, qo‘llar belda, to‘p erda. To‘pning atrofida avval o‘ng tomongga, so‘ngra chap tomonga ikki oyoqda sakrash mashqi bajariladi. Sakrashni navbatma-navbat turgan joyda yurish bilan (3-4 marta) almashtirib bajariladi.
Asosiy harakat turlaridan quyidagi mashqlar bajariladi:
Sakrash - ikki oyoqda sakrash, (“Buyumga qo‘lingni tekkiz”) harakatli o‘yin. Sakrash ketma-ket 4-6 marta bajarilgach, bir zum nafas rostlanadi, so‘ngra tarbiyachining ishirasiga ko‘ra sakrash davom ettiriladi. Har bir guruh bilan mashq 3-4 marta takrorlanadi.
Irg‘itish – diametri 6-8 sm bo‘lgan kichik to‘plarni ikki qo‘llab yuqoriga irg‘itish. Tarbiyachi bolalar irg‘itishni bajarayotganida ular e’tiborini: dastlabki xolatda oyoqlarning elka kengligida qo‘yilishiga, to‘pni qo‘llarni bukib oldinda ushlash, irg‘itilgan to‘pning uchishini kuzatish va ilib olish chog‘ida koptokni ko‘krakka bosishga intilmaslikka qaratadi. Mashqlar 12-15 marta takrorlanadi.
Yugurisho‘rta tezlikda 1,5 daqiqadan yugurish. Tarbiyachi bolalarga ikki qator bo‘lib saf tortish vazifasini beradi. Birinchi guruh bolalari qo‘lda to‘p bilan turadilar. Bolalar bir joyda erkin xolda to‘planadilar va mashqni bajarish shartlari tushuntirilgach, tarbiyachi bilan birgalikda bajaradilar. Tarbiyachi ikkinchi guruh bolalari uchun ikkita ustuncha qo‘yadi va ular orasiga chizimcha yoki lenta tortadi. Chizimchaga yoki lentaga turli buyumlar (qo‘ng‘iroqcha, sharcha yoki boshqa yorqin rangdagi o‘yinchoqlar) osish mumkin. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra bolalar ikki oyoqda sakrashlari va osilgan buyumga qo‘l tekkizishlari kerak. Asosiy e’tibor bolalarning poldan keskin itarilishiga va qo‘lini buyumga tekkizishga mos harakatlanishga qaratilishi zarur. Birinchi guruh bolalari muayyan miqdorda sakrab bo‘lgach, tarbiyachi ikkinchi guruh bolalariga shu vazifani beradi. Barcha bolalar ushbu mashqlarni bajarib bo‘lgach, 1,5 daqiqalik
o‘rtacha yugurish mashqlariga o‘tiladi. Mashqlar sekin-asta yurish, nafas olish mashqlari va o‘yin bilan tugallanadi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin