Harakatli o‘yin: Tarbiyachi bolalarga faoliyat yakunida “Pingvinlar” harakatli o‘yinini o‘ynashni taklif etadi. O‘yin qatnashchilari doira bo‘lib turadilar. Har bir bolaning qo‘lida bittadan xaltacha bo‘lib, tarbiyachining ishorasiga ko‘ra bolalar qo‘llaridagi xaltachalarini tizzalari orasiga qisib oladilar va doira bo‘ylab ikki oyoqlab sakraydilar. Sakrash chog‘ida bolalar bir-birlariga halaqit bermasliklari uchun o‘rtalaridagi masofa 0,5 dan 1 metrgacha bo‘lishi zarur. Sakrash oldin avval bir tomonga qarab bajariladi, so‘ng to‘xtab, boshqa tomonga yo‘naltiriladi.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish Mavzu: Barmoqlar teatri Maqsad: bolalar barmoq harakatlari orqali nutqni rivojlantiradilar. Kerakli jihozlar: AKT, barmoqlar uchun to‘qilgan-tikilgan ertaklar qahramonlari qo‘g‘irchoqlari. Faoliyatning borishi: 1. AKTorqali teatrlarning namoyishi. Ertak qahramonlari va syujetini yodga olish. Ertak qahramonlarini tanlash va rollarni taqsimlash. O‘yin jarayoni. Bolalar ishtirokini muhokama qilish va rag‘batlantirish. Qo‘shimcha: O‘zbek milliy akademik teatr aktyorlari haqida ma’lumot berish. Alohida e’tibor qaratiladi: rollarni bajarish jarayonida nutqning ravonligi.
Fan va tabiat Mavzu: Suvosti kemasi Maqsad: bolalar sho‘r suvning zichligi toza suvning zichligidan og‘ir ekanligini bilib oladilar. Kerakli jihozlar: 2 dona shisha stakan, toza suv, xom tuxum, tuz, qoshiq. Faoliyatning borishi: 1-stakanga tuxum va uning ustidan suv quyiladi. Bu jarayonda bolalar tuxumning suvga cho‘kishini kuzatadilar. 2-stakanga 3 osh qoshiq tuz aralashtiriladi va unga tuxum solinadi. Bu jarayonda bolalar tuxumning suv yuziga suzib yurishini kuzatadilar. Xulosa: Sho‘r suvning zichligi toza suvning zichligidan ancha og‘ir. Shuning uchun sho‘r suvga predmetlar cho‘kmaydi. Qo‘shimcha: dengiz suvida suzish toza suvga suzishdan osonligini aytish. Alohida e’tibor qaratiladi: amalga oshirilayotgan har bir jarayonni bolalar tomonidan izohlanishi.
San’at Mavzu: Bizning o‘yin maydonchamiz Maqsad: bolalar o‘yin maydonchasini rasm chizish orqali tasvirlay oladilar. Kerakli jihozlar: o‘yin maydonchasi tasvirlangan rasmlar, rangli bo‘yoqlar, oq qog‘oz, mo‘yqalam. Faoliyatning borishi: Mavzu yuzasidagi rasmlarni tomosha qilish. Rasm mavzusi bo‘yicha suhbat. Ish jarayoni. Bolalar ishlari natijalarini muhokama qilish va rag‘batlantirish. Bolalar ishlari ko‘rgazmasi. Qo‘shimcha: bolalar xohishiga ko‘ra maydonchani qo‘shimcha tarzda bezashni taklif etish mumkin. Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning jamoada ishlay olish qobiliyati, ularning ijodiy tafakkurini rivojlanishi, o‘zaro jamoaviy munosabatlar jarayoni. Qurish va konstruksiyalash, matematika markazi Mavzu: Uyinlar shaharchasi Maqsad: bolalar kublar va turli konstruktorlardan o‘rinli foydalanishni biladilar. Kerakli jihozlar: kublar, geometrik shakl, manzarali o‘simliklar to‘plami, o‘yinlar shaharchasi tasviri tushirilgan suratlar. Faoliyatning borishi: “Uyinlar shaharchasi” mavzusi bo‘yicha suratlarni ko‘rib chiqish. Uyinlar shaharchasining qurilishini rejalashtirish. “Uyinlar shaharchasi” ni konstruktsiyalash. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag‘batlantirish. Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga o‘z kompozitsiyalarini mayda o‘yinchoqlar (archalar, gullar, haykalchalar va shu kabilar) bilan bezashni taklif etish. Alohida e’tibor qaratiladi: quruvchi kasbiga qiziqish va hurmatning ortishi.