Til va nutq markazi Do’stlar haqida she’r va hikoyalar M aqsad: bolalar do’stlikning mohiyatini anglashi, rasm asosida hikoya tuzishi, so’z bog’lovchi qo‘shimchalardan foydalanishlari kerak.
Kerakli jihoz va materiallar: syujegli rasmlar.
Faoliyatningborishi:
1. Rasmlarni kuzatish.
2. Rasmdagi bolalarga ism topish va shu orqali bolalarning nutqini o’stirish.
3. O’z fikrlarini bayon etish.
4. Ijodiy yondashib hikoya tuzish.
5. Bir-birlarini fikrlarini to’ldirib borish.
Qo‘shimcha:bolalar hohishiga ko’ra rasmlar hajmini ko’paytirish, kunning ikkinchi qismiga
ham rejalashtirish, do’stlik to’g’risidagi maqollarni yod olish.
Alohida e’tibor qaratiladi: do’stining fikrlarini eshitish, ranglarni to’g’ri tanlashga ahamiyat beriladi.
Fan va tabiat Nima uchun biz har xilmiz? Maqsad: bolalar diqqatini jamlashi, o’z fikrlarini bayon etishi, do’stlarining soch turmagini, bo’yi-gavdasini farqlashi, lug’at boyligini oshirishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar:rasmlar, oyna, suv.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalarning bir-birlarini soch turmagi, bo’yi va hokazolarining har xilligiga ahamiyat berish.
2. Faoliyatga qiziqqan bolalarni ajratish.
3. O’zlarini do’stlari bilan solishtirish.
4. O’zaro farq haqida fikr almashish.
5. Bolalarning savollariga javob berish
Qo‘shimcha: tajribani oila a’zolari o’rtasida olib borishni tavsiya qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning mavzuni yaxshi o’zlashtirishi va fikrlarini mustaqil so’zlay olishiga ahamiyat beriladi.
San’at markazi Sehrli barmoqchalar. Katta xajmdagi suratlar.
Maqsad: bolalarning ijodkorlik qobiliyatini, mayda qo’l motorikalarini rivojlantirish kerak.
Kerakli jihoz va materiallar: qalam, qog’oz, o’chirg’ich, namunalar.
Faoliyatning borishi: 1. Namunani kuzatish.
2. Mavzu asosida rasm chizish.
3. O’z ishini do’stlarining ishi bilan solishtirish.
4. Bir-birlari bilan fikr almashish.
Qo‘shimcha: chizgan rasmlarini do’stlariga sovg’a qilish taklif qilinadi.
Alohida e’tibor qaratiladi: ranglarni to’g’ri anglay olish.