O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‘lim agentligi



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə1/3
tarix09.10.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#153157
  1   2   3
Katta sentabr 4-hafta Men va mening do\'stlarim




O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha
va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‘lim agentligi _______________________ hokimligi
maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
__________________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
__-maktabgacha ta’lim tashkiloti
katta guruh tarbiyachisi
____________________________ning
Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida
Men va bizning oilamiz
mavzusida tashkillangan


Sentabr oyining 4-haftasi


Guruh: Katta gururhlar uchun
Oy mavzusi: “O’zbekiston-mening Vatanim”
Hafta mavzusi: “Men va mening do’stlarim”
Maqsad: Bolalarni o’rtoqlik, do’stlik haqidagi tushunchalarini aniqlash. Maqollar mazmunini rasmlar orqali ifodalash.
Bolalarda insonparvarik fazilatlari: ahillik, mehribonlik, g’amxo’rlik va bir-birini hurmat qilish ruhida tarbiyalash.
E’tiborga molik jihati: Do’stlar qanday bo’lishi kerakligini tushunadilar.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid rangli rasmlar, tasviriy faoliyat faollik markazi.
Faoliyatni borishi:
Tarbiyachi: Bolalar do’stlik, o’rtoqlik deganda nimani tushunasizlar?
(Bolalar javoblari).
Tarbiyachi: To’gri bolalar, guruhimizdagi bolalar bilan ahil bo’lib o’ynash, bir- biringizga o’zaro yordam berish, ko’maklashish bu o’rtoqlik , do’stlik deyiladi. Bugun sizlar bilan do’stlik haqidagi maqollarni o’rganamiz.
“Ahil bo’lsang, bo’lmaysan bahil”. Bu maqolni mana bu surat orqali o’rganamiz.
-Bolalar nima qilyaptilar? (bolalar surat mazmunini aytib beradilar).
-qaysi bolalarning hatti –harakatilari sizlarga yoqmadi? Nima uchun?
-Ularni qaday atash mumkin? (qizg’anchiq).
-Ular to’g’ri ish qildilarmi?.
- Do’stlar qanday bo’lishlari kerak?.

Bolalar javoblari tarbiyachi tomonidan to’ldiriladi. Do’stlar bir- birlarini hurmat qilishlari, mehribon bo’lishlari, og’ir kunlarida yordam berishlari kerak bo’ladi. Do’stlar inoq bo’lganida ko’zlagan maqsadlariga erishadilar. Suratdagi bolalarga qaranglar, ular ahil bo’lib o’ynaganlari tufayli o’zaro fikrlashib, o’ylashib, buzilgan mashinani tuzatdilar. Qizg‘anchiqlik qilgan o’rtoqlarini shirin muomila qilib, qizg’anchiqlik yo’lidan qaytardilar. Xaqiqiy do’stni ishini qildilar.


Bolalar, surat mazmunidan qanday xulosa qilamiz?.
Surat mazmuni maqolga mosmi?
Do’stlik haqida qanday maqollarni bilasizlar?
Tarbiyachi maqollar mazmunini yoritib beradi.
Do’st bilan obod uying, gar uying vayrona bo’lsa ham.
Do’stlik sinovda bilinadi.
Do’st ming bo’lsa ham oz,
Dushman bir bo’lsa ham ko’p.
Do’stlik barcha boylikdan afzal.
Kelinglar endi sizlarga do’stlik haqidagi “Yashilik yerda qolmas” hikoyasini aytib beraman. Bir ari suv ustida uchib borar edi. Birdan suvga yiqlib ketdi. Qanotlari ho’l bo’lib, ucharga kuchi yetmadi. Buni kabutar ko’rib, ariga rahmi keldi, darhol bir cho’pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho’pni kema qilib, suv balosidan qutuldi. Oradan ko’p o’tmadi. Bir bola tuzoq qo’yib , kabutarni tutmoqchi bo’ldi.

Ari buni ko’rgan zamon kelib, bolaning qulog’ini chaqdi. Bola g’ulog‘ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog’ini ushladi. Kabutar vag’tni g’animat bilib, uchib ketib, tutuqunlikdan qutuldi.


Bolalarga hikoya asosida savollar beriladi va tarbiyachi tomonidan to’ldiriladi.
Tarbiyachi: Bolalar sizlarni ham do’stinglar bormi?
-Do’stingiz haqida nimalarni bilasiz?
-Do’stingizni nimasi yoqadi?

Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin